Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining mashg‘uloti poytaxtga ko | Judo Uz

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining mashg‘uloti poytaxtga ko`chdi

O`tgan oy Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o`tkazgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtda yig`ildi. Yoshlarimiz kuni kecha Qozog`istonda o`tgan Osiyo Kubogida ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egallagan edi.

Toshkentda boshlangan mashg`ulotlar Tohir Fayziyev, Kamol Muradov va Iskandar Rasulov shogirdlari uchun poytaxtimiz mezbonligida o‘tadigan an’anaviy Uchqun Murodov xalqaro xotira turniri hamda Ozarbayjondagi musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o`tab beryapti.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram