Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlarimizning poytaxtdagi mashg‘uloti davom etmoqda Qozog` | Judo Uz

Yoshlarimizning poytaxtdagi mashg‘uloti davom etmoqda

Qozog`istonda o`tgan Osiyo Kubogida ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egallagan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentda mashg`ulotlarni davom ettiryapti. Ushbu yig`in Tohir Fayziyev, Kamol Muradov va Iskandar Rasulov shogirdlari uchun poytaxtimiz mezbonligida o‘tadigan an’anaviy Uchqun Murodov xalqaro xotira turniri hamda Ozarbayjondagi musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o`tab beryapti.

Kecha kunning birinchi yarmida dzyudochilarimiz ochiq havoda kross yugurishgan bo`lsa, kunnihg ikkinchi yarmidagi mashg`ulotlar tatamiga ko`chdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram