Get Mystery Box with random crypto!

Ramziddin Saidovni tabriklaymiz! Bugun xalqaro toifadagi re | Judo Uz

Ramziddin Saidovni tabriklaymiz!

Bugun xalqaro toifadagi referi, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi", "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni, "Shuhrat" medali sohibi Ramziddin Saidov yana bir yoshga ulg‘aydi.

Ramziddin Saidov - 1982 yil 14 aprelda Buxoroda dunyoga kelgan. Dzyudo sir-asrorlarini O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To‘rayevdan o‘rgangan. Saidov sportchilik faoliyati davomida Afina-2004 va London-2012 Olimpiadalari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori bo‘lgan.

Saidov referi sifatida Tokio Olimpiadasi, jahon va Osiyo chempionatlari, "Masters", "Katta Dubulg‘a", Gran-Pri musobaqalarida hakamlik qilgan va bu jarayon davom etmoqda.

O’zbekiston dzyudo federatsiyasi Ramziddin Saidovni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etadi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram