Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon Hayiti muborak, aziz yurtdoshlar! Yaratganning marham | Judo Uz

Ramazon Hayiti muborak, aziz yurtdoshlar!

Yaratganning marhamati ila oylarning sultoni Mohi Ramazonning ulug‘ kunlarida belgilangan burch hamda vazifalarni baholi qudrat ado etdik.

Shu kunlarga yetkazgani uchun O‘ziga behad shukrlar, hamdu sanolar bo‘lsin! Qilgan ibodatlarimiz, tutgan ro‘zalarimizning Yaratganning dargohida qabul bo‘lishi, barchamizga mukarram oyning saodatidan ulushlar yozilishidan umidvormiz.

Alloh jonajon O‘zbekistonimizning tinchligi, osmonimiz musaffoligini barqaror qilsin! Qalbingizda neki pok tilaklar bo‘lsa, barchasi ijobat topsin! To‘kin-sochinlik va farovonlik mudom barqaror bo‘lsin!

Bugungi farovon, fayzli, qut-barakotli yurtda yashab, Vatanimiz yuksalishi yo‘lida halol mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga Iydi Ramazon Hayit bayrami muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram