Get Mystery Box with random crypto!

Chirchiq mezbonlik qiladigan O‘zbekiston Kubogiga tayyorgarlik | Judo Uz

Chirchiq mezbonlik qiladigan O‘zbekiston Kubogiga tayyorgarlik muhokama qilindi

28-30 aprel kunlari Chirchiq shahrida dzyudo bo‘yicha o’smirlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi bellashuvlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida o‘tgan yig‘ilishda bo‘lajak mamlakat kubogiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Federatsiya raisi o‘rinbosari Zafar Qahramonov boshchiligida o‘tgan tadbirda musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik, delegatsiyalarni kutib olish va joylashtirish, Kubok bahslari boshlanishidan oldidan hakamlar uchun tashkil etiladigan seminar hamda boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Aynan shu yosh toifasidagi mamlakat kubogi musobaqasi ishtirokchilar soni bo’yicha eng kattasi bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 1200 nafardan ziyod dzyudochi tatamiga chiqadi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram