Get Mystery Box with random crypto!

Buxoroda O‘zbekiston Kubogiga saralash musobaqasi o‘tkazilyapt | Judo Uz

Buxoroda O‘zbekiston Kubogiga saralash musobaqasi o‘tkazilyapti

Xabar berganimizdek, 28-30 aprel kunlari Chirchiq shahrida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda viloyatlarda ushbu musobaqaga saralash turnirlari o‘tkazilyapti. Jumladan, Buxoroda ham mamlakat kubogiga viloyat saralash musobaqasi tashkil etilmoqda.

Musobaqada Buxoro viloyatining deyarli barcha tuman va shaharlaridan kelgan 255 nafar dzyudochi g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqyapti. G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Kubogida Buxoro viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritishadi.

E’tiborlisi, saralash bellashuvlarini bevosita O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Buxoro viloyati dzyudo federatsiyasi raisi Shuhrat Ochilov kuzatib boryapti.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram