Get Mystery Box with random crypto!

Shuhrat Arslanovni tabriklaymiz! Bugun Oʻzbekiston Jismoniy t | Judo Uz

Shuhrat Arslanovni tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri, dotsent Shuhrat Arslanov oʻz tavallud kunini nishonlamoqda.

Shuhrat Arslanovich Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy, “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi, dzyudo boʻyicha 2-dan qora belbogʻ sohibi hisoblanadi. U kishi tomonidan yozilgan ko’plab o’quv-qo’llanmalari orasida ”Dzyudo“, “Sport mahoratini oshirish: dzyudo“ nomli kitoblar ham oʻquv jarayonlarida samarali tarzda foydalanib kelinmoqda.

O’zbekiston dzyudo federatsiyasi Shuhrat Arslanovni bugungi tavallud kun bilan muborakbod etadi. U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va barcha yaxshi niyatlarni tilaymiz.

Обуна бўлинг Telegram