Get Mystery Box with random crypto!

​​Farg‘onada to‘lg‘oq tutayotgan ayol tug‘uruqxonaga kiritilma | Jalol Murad

​​Farg‘onada to‘lg‘oq tutayotgan ayol tug‘uruqxonaga kiritilmadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada to‘lg‘oq tutgan ayol tug‘uruqxonaga kiritilmagani aks etgan video tarqaldi. Videoda ayolning eri va shifokor o‘rtasida baqir-chaqir bo‘lgani aks etgan. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Mabuot kotibi Furqat Sanayev Qalampir.uz’ga izoh berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiysining ta’kidlashicha, aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra ayni vaqtda hech kimni aybdor deb bo‘lmaydi. Chunki videoda faqat shifokor ayolni olib qolishga uringani, yaqinlari esa olib ketgani aks etgan. Ammo, tibbiyot talabiga ko‘ra, shifokor har qanday vaziyatda ham bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak.

Alohida qayd etish kerakki, janjal yuz bergan vaziyatda homilador ayol to‘lg‘oqdan azoblanayotgan bo‘lgan.

SSV Mabuot kotibiga qo‘ra, ayni vaqtda kamida uch kishidan iborat komissiya tuzilgan va holat batafsil o‘rganilmoqda. Shifokor kamchilikka yo‘l qo‘ygani tasdiqlansa, qonun doirasida chora ko‘riladi.

Ma’lumot o‘rnida, ayol eson-omon farzandini dunyoga keltirgan, ona-bola sog‘-salomat. Ayolning yaqinlari ayni holat bo‘yicha tegishli organlarga murojaat qilishi mumkin.

@jalolmurad • Manba