Get Mystery Box with random crypto!

Apple har bir xodimiga uydan ishlash sharoitini yaxshilashi uc | Jalol Murad

Apple har bir xodimiga uydan ishlash sharoitini yaxshilashi uchun 1000 dollar beradi

Apple bosh direktori Tim Kuk xodimlariga maktub yoʻllab, COVID-19ʻning yangi shtammi tarqalishi sababli ofislarga qaytish nomaʼlum muddatga qoldirilganini maʼlum qildi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Qayd etilishicha, Apple har bir xodimga masofadan turib ishlash uchun uyda kerak boʻladigan jihoz sotib olishga 1000 dollar bonus berishga qaror qilgan.

Xodimlar ofisga qaytganida, chorshanba va juma kunlari uydan ishlashga ruxsat beriladi. Kuk, shuningdek, kompaniya toʻrt hafta oldin ofisga qaytish sanasi haqida xabar berishini vaʼda qilgan.

@jalolmurad • Manba