Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.28K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 61

2021-12-14 11:12:01
Shvesiya qirg‘oqlarida ikkita yuk kemasi to‘qnashib ketdi

Yakshanba kuni Britaniya va Daniyaning ikkita kemasi Shvesiyaning Istad shahri va Daniyaning Bornxolm oroli o‘rtasidagi suvda to‘qnashib ketdi. Hodisa natijasida Daniyaning kichikroq Karin Hoej kemasi ag‘darilib ketdi, deb xabar bermoqda TT agentligi.

Hodisa oqibatida ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Sohil xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ular besh soatdan beri topilmadi. Yo‘qolganlarni qidirishda olti kichik kema, ikkita savdo kemasi hamda Shvesiya va Daniya vertolyotlari ishtirok etmoqda. Daniya TV 2 telekanaliga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar ag‘darilgan kema ichida qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Hodisa haqidagi xabar Shvesiya dengiz boshqarmasiga 04:30 da Scot Carrier Britaniyaning kemasidan kelib tushgan. Ekipaj a’zolarining aytishicha, ular suvdan kelayotgan qichqiriqni eshitishgan. Kemadan rezina qayiq tushirilgan, ammo hech kim topilmagan.

@jalolmurad • Manba
2.1K views08:12
Ochish/sharhlash
2021-12-14 10:14:01
Va nihoyat siz kutgan mahsulot keldi

GREEN MASK

Yuzingizdagi dog‘lar va boshqa teridagi notekisliklarni tozalovchi dorivor krem

Yuzdagi ugrilarni tez fursatda yo‘qotadi

Yuzdagi ajinlarni dog‘larni yo‘qotadi

Peshonadagi va yuzdagi chiziqlarni husnbuzarlarni yo‘qotadi

Siz uchun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish mutlaqo bepul!

Mahsulot narxi: 129 ming so'm

Maxsulot qo'lingizga yetib borganidan keyin to'lovni amalga oshirasiz!
2.1K views07:14
Ochish/sharhlash
2021-12-14 08:12:01
Koreyalar o‘rtasidagi 71 yillik urush rasman tugashi mumkin

Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi urushga rasman nuqta qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In bugun, 13 dekabr kuni Avstraliyadagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Koreya Respublikasi Prezidenti rasmiy davlat tashrifi bilan Avstraliyada bo‘lib turibdi. U Avstraliya Bosh vaziri Skot Morrison bilan o‘tkazilgan qo‘shma yig‘ilishda, agar KXDR rahbari rozi bo‘ladigan bo‘lsa, ikki Koreya o‘rtasida urush rasman tugatilishini ta’kidladi.

Prezidentga ko‘ra, rasmiy Pxenyan va Seul AQSH hamda Xitoy vositachiligida 1950-1953 yillarda Koreya yarimorolining ikkiga bo‘linishiga sabab bo‘lgan urushni rasman tugatishi mumkin. Buning uchun faqatgina Shimoliy Koreya rahbarining o‘z talablaridan voz kechib, muzokaralar stoliga o‘tirishi kifoya.

@jalolmurad • Manba
2.3K views05:12
Ochish/sharhlash
2021-12-14 04:12:01
Hindiston Eksimbanki Oʻzbekistonga taʼlim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar ajratadi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida bosh vazir oʻrinbosari Sardor Umurzoqov Hindistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalarida ishga solinmagan salmoqli salohiyat va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishning samarasi yuqori boʻlgan qator ustuvor yoʻnalishlar qayd etildi.

Umurzoqov va Manish Prabhat Hindiston Eksimbanki tomonidan Oʻzbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va taʼlim sohalarida loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar miqdorida mablagʻlar ajratilishini olqishlab, ushbu loyihalarni joriy etish borasida birgalikda ishlashga kelishib oldi.

@jalolmurad • Manba
522 views01:12
Ochish/sharhlash
2021-12-13 20:12:01
Vladimir Kiriyenko VK bosh direktori boʻldi. Uning otasi Prezident administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari

Vladimir Kiriyenko VK (sobiq Mail.ru Group) kompaniyasining yangi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Qayd etilishicha, VK direktorlar kengashi Kiriyenkoning nomzodini bir ovozdan maʼqullagan, qaror allaqachon kuchga kirgan.

Kiriyenko VKʻni 2016 yildan beri boshqarib kelgan va 3 dekabr kuni kompaniyani tez orada tark etishini maʼlum qilgan Boris Dobrodeyevning oʻrnini egallaydi.

@jalolmurad • Manba
1.3K views17:12
Ochish/sharhlash
2021-12-13 19:12:01
Yuzlab o‘zbekistonlik ayollarni Saudiyaga sotib yuborgan guruh faoliyati fosh etildi

Xususiy bandlik agentligi tomonidan Saudiya Arabistoniga yuborilgan bir ayolning o‘rtacha narxi 7-12 ming AQSh dollari atrofida bo‘lgan.

Uy xizmatchisi kasbi va'da qilingan ayollarning ayrimlari jinsiy zo‘ravonlikka uchragan va kuch bilan ushlab turilgan.

Shuningdek, Saudiyaga yuborilgan ayollar uy xizmatchisiga muhtoj boshqalarga ham qayta sotish holatlari uchrab turgan.

Hali shunday kunlar keladi bitta ham oʻzbek chetda ishlamaydi, aksincha bizga chet-eldan ishga kelishadi!

Faqat shundan keyin uygʻonib ketasiz


@jalolmurad • Manba
1.7K views16:12
Ochish/sharhlash
2021-12-13 17:44:01
Ilon Mask “Yil odami” deb topildi

Ushbu nomga 54 ta odam daʼvogarlik qilgan. Nomzodlar roʻyxatida davlat rahbarlari, jamoatchilik vakillari, siyosatchilar, sportchilar, sanʼatkorlar va milliarderlar ham boʻlgan.

Ilon Mask bu borada Rossiya prezidenti Vladimir Putin, rus muxolifatchisi Aleksey Navalniy, Amerika prezidenti Jo Bayden, xonanda Britni Spirs, ekologiya faoli Greta Gutenberg va boshqalarni ortda qoldirgan.

Bir necha kun avval “Time” jurnalining oʻquvchilari soʻrovnoma yordamida Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruni “Yil odami” deb topgan edilar.

@jalolmurad • Manba
1.9K views14:44
Ochish/sharhlash
2021-12-13 17:12:01
Rossiyada UzAuto Motors avtomobillarini olib ketayotgan treyler yonib ketdi

Chevrolet avtomobillarini olib ketayotgan avtotreylerning yonayotgani aks etgan video tarqaldi. “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida sodir boʻlgan. Shundan soʻng alanga avtomobillar boʻlgan treylerga oʻtgan.

Yongʻin oqibatida 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar koʻrgan. Hodisa oqibatida avtotreyler haydovchi jabrlanmagan. Voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib oʻtish vaqtida sodir boʻlgan.

Barcha tashilgan avtomobillar sugʻurtalangan boʻlib, ular rossiyalik mijozga tegishli boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda zaruriy yongʻin-texnik ekspertizasi oʻtkazilib, yongʻinning kelib chiqish sabablari oʻrganilayotgani maʼlum qilindi.

@jalolmurad • Manba
2.0K views14:12
Ochish/sharhlash
2021-12-13 16:44:01
Amiti universiteti talabalari 10 000 AQSh dollarini yutib olishdi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari IT-Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «STUDENTS CUP 2021» tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu tanlov respublika miqyosida bo‘lib, unda jami 20 dan ortiq universitetlardan 40 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlovda talabalar, o‘zlari tomonidan yaratilgan loyihalarni namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Loyihalarning ustunligi, mohiyati va dolzarb muammolarni hal qilish uchun yaratilgan imkoniyatlari haqida ham to‘liq ma’lumotlar berildi.

Jumladan, Amiti universiteti talabalari Mentor.me (mentorlarni talabalar bilan bog‘laydigan) platformasini taqdim etgan holda ishtirok etishdi va birinchi o‘rin uchun belgilangan 10 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@jalolmurad • Manba
1.8K views13:44
Ochish/sharhlash
2021-12-13 16:16:56
“Koinot go‘zali – 2021” go‘zallik tanlovi g‘olibi aniqlandi

Kecha, 12 dekabr kuni “Koinot go‘zali – 2021” xalqaro go‘zallik tanlovining g‘olibi aniqlandi. U hindistonlik 21 yoshli Harnaaz Sandxu bo‘ldi. Bu haqda “TV line” xabar bermoqda.

Bu yil mazkur go‘zallik tanlovi ilk bor Isroilda bo‘lib o‘tdi. Unda 80 mamlakatdan 80 nafar qiz ishtirok etdi. Final jahonning 170 dan ortiq davlatida jonli efirda namoyish etildi.

Qayd etilishicha, pandemiya munosabati bilan tanlov ishtirokchilari niqob kiyishga va dezinfeksiya vositalaridan foydalanishga majbur qilingan.

Bulardan kanalimizdagi qiz bola obunachilarim chiroyli

@jalolmurad • Manba
1.7K views13:16
Ochish/sharhlash