Get Mystery Box with random crypto!

Xitoy Instagram va Twitter’dan foydalanishga ruxsat beradi Xi | Jalol Murad

Xitoy Instagram va Twitter’dan foydalanishga ruxsat beradi

Xitoy rasmiylari Pekin Olimpiadasi ishtirokchilariga mamlakatda bloklangan ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Instagram va Twitter’dan foydalanishga ruxsat beradi. Bu haqda TASS agentligi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga tayanib, xabar bermoqda.

Xitoy hududida eng mashhur xorijiy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar: Facebook, Instagram, Twitter, WhatsApp va Telegram’ga kirish bloklangan. Shuningdek, mamlakatda Google qidiruv tizimi ham taqiqlangan deb tasniflanadi.

Ma’lumot uchun, Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

@jalolmurad • Manba