#internet #maslahat Chrome'da fayllar yuklanishini tezlasht | IT specialist
#internet #maslahat
Chrome'da fayllar yuklanishini tezlashtirish
Chrome'da katta hajmdagi fayllarni yuklab olayotganingizda — brauzer internet trafigining butun kanalini ishga solmagan holda, ularni bir oqimda yuklab oladi. Biroq fayllarni birato‘lasi bir nechta oqimda yuklab olish orqali ularning yuklab olinish (Downloading) tezligini bir necha barobar oshirish mumkin.
Chrome brauzerida esa ushbu xususiyat tajribaviy sozlamalar orasiga berkitilgan. Uni faollashtirish tartibi quyidagicha:
. Brauzerning manzil satriga (qo‘shtirnoqlarsiz) ushbu havola matnini kiritamiz: “chrome://flags/#enable-parallel-downloading” va ushbu sahifaga o‘tamiz.
. Tayyor — endi Chrome'ingiz ko‘p oqimli yuklab olishni qo‘llab-quvvatlaydi va gigabaytli ma’lumotlarning yuklab olinishini sezilarli darajada tezlashtiradi!
Manba: @bugnotfeature
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: • Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz. • Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939. Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15. ...