Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim #hardware Windows xotira kartasi (fleshka | IT specialist

#operatsion_tizim #hardware

Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?

Bunda bizga diskni tozalash uchun xizmat qiluvchi DISKPART opsiyasini qo‘llash usuli yordam berishi mumkin.

Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiramiz, so‘ngra navbat bilan ushbu buyruqlarni kiritamiz:

. diskpart – maxsus buyruq bilan ish boshlanadi;

. list disk – ushbu buyruqning bajarilishi natijasida formatlanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasining raqamini eslab qoling, keyingi o‘rinlarda bu — N;

. select disk N – raqamiga qarab kerakli diskni tanlash;

. clean – tanlangan saqlash qurilmasidagi ma’lumotlarni tozalaymiz;

. create partition primary – asosiy bo‘limni yaratamiz;

. format fs=fat32 quick (yoki fs=ntfs quick) – tanlangan saqlash qurilmasini FAT32 yoki NTFS fayl tizimida formatlaymiz (quick qo‘shimchasi jarayonni tezlashtirish uchun xizmat qiladi);

. Agar 6-banddagi buyruq bajarilib, formatlanish jarayoni tugallanganidan so‘ng Windows'ning Проводник (WIN + E) oynasida saqlash qurilmasi paydo bo‘lmasa, 8-bandni qo‘llang, aks holda uni o‘tkazib yuboring;

. assign letter=Z – bu yerda Z — fleshka yoki xotira kartasi uchun tayinlamoqchi bo‘lgan harfimizdir;

. exit – DISKPART opsiyasi ishini yakunlaymiz.

Shundan keyin buyruq satri oynasini yopishingiz mumkin.

Manba: @computer_life

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija