Get Mystery Box with random crypto!

#internet #maslahat Brauzer ishlashini tezlashtirish Hatto | IT specialist

#internet #maslahat

Brauzer ishlashini tezlashtirish

Hattoki kuchli shaxsiy kompyuterning baxtli egasi bo‘lsangiz ham, vaqt o‘tishi bilan brauzeringiz baribir qotib ishlashni boshlaydi. Tushkunlikka tushish oldidan o‘qing: buning sabablaridan biri — profil ma’lumotlari bazasining fragmentatsiyasidir. Juda professional terminologiya deysizmi? Hechqisi yo‘q! Mashinani haydash uchun uning ichki tuzilishini bilish muhim emas.

SpeedyFox — bu brauzer ishlashini tezlashtirish uchun qulay yordamchi dastur. “Fox? Gap Mozilla haqida boryaptimi?” — deyishingiz mumkin. Yo‘q! Ro‘yxatga Chrome, Opera, “Yandex.Browser” va boshq. kiradi. Bundan tashqari, ushbu texnologiya Thunderbird kabi pochta mijozlari bilan ishlay oladi.

Ma’lumotlarning yuklanishi vaqti 3 marotaba qisqaradi. 3 MAROTABA, KARL! Dastur papkalar, zakladkalar, sozlamalar, cookies, jurnallar va boshq. uchun sqlite-bazalarini optimallashtiradi. Shuningdek bo‘sh yacheykalar va fayllar o‘chiriladi. Eslatma: bu muhim ma’lumotlarning yo‘qolishiga olib kelmaydi.

Yana bir bora ta’kidlaymiz: yordamchi dastur profilingiz (ya’ni zakladlalar, parollar, yuklanishlar tarixi va boshq.) uchun 100% xavfsiz. Uslub puxta hujjatlashtirilgan, dunyo bo‘ylab millionlab kompyuterlarda sinovdan o‘tkazilgan. Xo‘sh, tezlikni qo‘shamizmi?

Manba: @GooogleTM

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
• Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
• Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
• Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
• Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Brauzer varaqa (вкладка)lari bilan ishlashni osonlashtiruvchi klavishlar birikmalari
• Brauzerda videoning qotib ishlashi
• 23 foizga tezlashgan Google Chrome endi kuniga 17 yillik protsessor umrini tejaydi!
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi?
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
• Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish

@itspecuz | Mundarija