Get Mystery Box with random crypto!

Bu urush boshlanishidan oldin, twitterda va blogosfereda juda | Iqtisodchi Kundaligi

Bu urush boshlanishidan oldin, twitterda va blogosfereda juda koʻp izohlar bor edi. Koʻpchilik uchun, jumladan Yevropa va AQShlik harbiy ekspertlar uchun ham, Ukraina shunday qattiq qarshilik koʻrsata olishi kutilmagan edi.

Oʻsha mulohazada, bir gipotetik ssenariy bor edi, Rossiya Ukrainani bosib olib, keyin Polsha va boltiq boʻyiga bostirib kirishi haqida yozishayotgan edi ayrim “ekspertlar”. Oʻsha mulohazada, bir haqiqiy harbiy mutaxassis, “Polsha qurolli kuchlari Rus armiyasi bilan pol yuvib tashlaydi” (mop the floor) deb yozgan edi. Uning fikricha, hech qanday NATO kuchlari yordamisiz ham, Polsha va Boltiq boʻyi armiyalari rus qurolli kuchlarini juda tez ishdan chiqarib tashlashi haqida yozgan edi. Uning fikricha, texnologik va boshqaruv metodologiyasi rus armiyasida shunchalik qoloq-ki, xuddi Xitoy bilan Buyuk Britaniya orasidagi birinchi opium urushidek, odamlar sonida 20:1 farq boʻlsa ham, Polsha Rossiya qurolli kuchlarini juda tez ishdan chiqaradi degan gʻoya bor edi. Unga javoban ayrim odamlar Rossiya hatto Fransiya bilan ham urusha oladi deb yozishgan edi, oʻsha haqiqiy mutaxassis, Fransiyani 1/10 kuchiga qarshi bir hafta ham urusha olmaydi deb javob yozgan edi.

Xullas, aftidan oʻsha ekspert haq boʻlib chiqdi. Rus qurolli kuchlari, nafaqat NATO armiyasiga qarshi balki, ozgina NATOdan urushni oʻrgangan va ancha kichikroq kuchga qarshi ham urush qila olmas ekan.

Qiziq tomoni, o'shanda u Ukraina haqida hech narsa yozmagan edi, aynan “Men Ukraina qurolli kuchlarini bilmadim-ku, lekin Polsha...“ deb yozganini eslayman.

Xullas oʻsha ekspertni ismi familiyasini unutdim va twitterdan topa olmayapman. Agar kimdir koʻrgan boʻlsa, aytib yuborsin.

U ekspert mana bu oʻsha payt juda ham mashhur boʻlib ketgan maqolani tanqid qilib yozgan edi.
https://brief.bismarckanalysis.com/p/modern-russia-can-fight-and-win-land?s=w