Get Mystery Box with random crypto!

​​Homilador ayol Qur’on tinglashi #Savol: Assalomu alaykum hu | Hubbuna

​​Homilador ayol Qur’on tinglashi

#Savol: Assalomu alaykum hurmatli Shayx hazratlari! Aytishlaricha ikkiqat ayolga Qur’onni mp3 pleyerga yozib eshitib yursa, uning farzand tug‘ilgandan keyin bola tez qori bo‘lar emish. Ayting-chi, shu gap rostmi? Agar rost bo‘lsa, Qur’on tiglab boshqa ishlarni bajarsa bo‘laveradimi?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh:

- Homilador ayolning ruhiy holati homilasiga o‘tishini tib ilmi tasdiqlagan. O‘sha paytda ayol Qur’on eshtisa, homilasiga tasir qiladi degan tushuncha shundan chiqqan bo‘lishi mumkin. Buning Qur’on tinglab boshqa ishlarni bajarishga hech aloqasi yo‘q. Ish bilan ishning farqi bor. Agar ish o‘tirib, boshqa tarafga chalg‘imay bajariladigan bo‘lsa va Qur’onning ehtiromini o‘rniga qo‘yishga imkon bersa, tinglasa bo‘ladi.

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida