Get Mystery Box with random crypto!

Olima ayollar Ravzayi muborak ayollar uchun ham bir madrasa | Hubbuna

Olima ayollar

Ravzayi muborak ayollar uchun ham bir madrasa edi. Ularning ham ilm saviyasi yuksaldi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har kuni zavjalari bilan uylarida dars oʻtganlar. Oʻsha suhbatlarda shaʼriy masalalarni eng mahram nuqtasigacha tushuntirib berdilar. Ushbu uyning rasmiy vakili Oisha onamiz eng koʻp hadis rivoyat qilgan sahobalarning rivoyatini tashih va tavzih qiladigan darajaga yetishdilar. Tobeinlarning buyuk allomalari sahobiyalar qoʻlida voyaga yetdi.

Imom Molikning qizi Fotima otalari talabalardan hadis tinglayotganlarida qaysidir tolibi ilm biron-bir harfda xato qilsa, nimanidir kam yoki ortiqcha aytsa, eshikni taqillatardilar. Imom Molik talabaning yanglish oʻqiganini anglab, “Yanglishding, qaytadan oʻqi!” der edilar.

Karima bint Ahmad ham Buxoriydan qayta-qayta rivoyat aytardilar. Vafot etganlarida insonlar: “Insoniyat Karimadek ayolni koʻrganmikan-a?!” deb yubordi.

Asmo roziyallohu anho jasorat ramzi boʻlishlari bilan birga ilm manbayi ham edilar. Buxoriy va Muslim u rivoyat qilgan 58 ta hadisdan 13 tasiga ittifoq qilganlar. Asmo roziyallohu anhoning qoʻl ostida koʻplab sahobayu tobeinlar kamolga yetdilar.

Ihsan Shenojak. "Al-ummahat qivamul mujtamail islami”.

#iqtibos #ayollar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida