Get Mystery Box with random crypto!

#Savol: Yaqin kunlarda turmush qurish arafasidaman. Bo'lajak t | Hubbuna

#Savol: Yaqin kunlarda turmush qurish arafasidaman. Bo'lajak turmush o'rtog'imning shar'iy ilmlari kamdek tuyulyapti menga. Uni kelajakda ilmga targ'ib qilishda qanday yo'l ko'rsatasiz?

Javob:

– ilm o'rganish bilan o'rnak bo'ling;
– ilm o'rganishning fazilati, hayotingizda ko'rayotgan samarangiz haqida unda tez-tez aytib turing;
– o'rganganlaringizning eng ta'sirli, qiziqarli joylarini mavridi bilan, bezdirmay unga aytib berib turing;
– ilmga muhabbatli oila bilan oilaviy bordi-keldi qilib turinglar. Shuningdek, turmush o'rtog'ingiz ham ilmli kishilar bilan do'st-u ulfat bo'lishiga rag'batlantiring;
– ilm o'rganish vositalarini unga goh-gohida sovg'a qilib turing: kitob, ruchka, daftar va hokazo;
– uning ruxsati bilan ilmli ayollar bilan uchrashib turing, darslarga boring. Bu uning ham ilmga bo'lgan rag'batini oshiradi.

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida