Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.45K
Kanalning ta’rifi

Oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
@Hubbuna_shop
https://linktr.ee/giyosiddinyusuf
Savol berish: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-05-16 07:00:21 Taloq mavzusida tez-tez savol keladi. Bu borada O'zbekiston musulmonlari diniy idorasiga murojaat qilishingizni maslahat beraman. Men diniy hukmlarga aralashmayman, uzr.

#bildirish
5.8K views04:00
Ochish/sharhlash
2023-05-15 20:41:09
– Yaxshi suratga olar edi rahmatli!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.1K views17:41
Ochish/sharhlash
2023-05-15 10:30:00 ​​#Savol: Assalomu alaykum. Menga ikkita joydan sovchi kelyapti: biri òziga tòq, lekin dindor emas, ikkinchisi òrta, lekin dindan xabari bor. Ota-onam òzing tanla deyishdi. Ikkilanyapman, maslahatingiz kerak.

Javob: Va alaykum assalom. Avvalo o'zingiz ham diniy ta'limotlarni o'rganib, o'zingizni isloh qilib, soliha qiz bo'lishga intilishingizni maslahat berardim. Birinchi variantni hech ikkilanishsiz yo'q deyman, ikkinchi variant ham qoniqarli emas. Lekin ikkilanganingizga qaraganda sizga munosib. Shuning uchun avval o'zingizni isloh qilib, dindan xabari boriga emas, dindoriga turmushga chiqishni maslahat beraman.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2.7K views07:30
Ochish/sharhlash
2023-05-15 09:59:56
Savollarga javob berish haqida

Bot orqali berilgan savollarga qaysi mavzuda bo'lsa, shunga tegishli kanalda navbati bilan javob berib boraman, inshaalloh.

@Hubbuna – oila haqida
@Mubosharat – xos munosabatlar
@GiyosiddinYusuf – bola tarbiyasi
@Kitaabun – to'g'ri yozish va kitoblar haqida

Diniy savollarga javob bermayman.
Bot orqali javob bermayman. Bunda ayollar bilan bilmay muloqot qilib qo'yish mumkin.
Ovozli xabarlar, uzun matnlarga vaqt ajrata olmayman.
Shaxsiy yoki shoshilinch savolingiz, muammongiz bo'lsa, konsultatsiya xizmati bor.

Savollar uchun: @Savolyuborishuchunbot

Kitoblarim savdosi bo'yicha: @Kitobdor01
2.9K views06:59
Ochish/sharhlash
2023-05-15 06:32:37 Sevgi ilohiy rizqdir!

Sevgi ilohiy rizqdir. Mana shu rizqni ziyoda qiladigan ishlar va soʻzlarni hayotingizga olib kiring. Hadya bering, tabassum qiling. Koʻp salom bering, muloyim gaplar gapiring. Bu ishlarda Allohning roziligini koʻzlang. Shunda dunyo va oxirat sarmoyasini koʻlga kiritgan boʻlasiz. Ayol ham eri sari talpinadi, er ham qalbini bergan ayoliga oshiqadi.

Shayx Yusuf Xattor Muhammadning
«Oila — saodat maskani» kitobidan #iqtibos

#Ayollar #Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
3.6K viewsedited  03:32
Ochish/sharhlash
2023-05-14 18:15:00
Bolalarga ta'lim berishning eng yaxshi uslublaridan biri ular bilan o'yin o'ynashdir! Shuning uchun @Hubbuna_kids loyihasida har haftada bir marta ovozli chatda bolalar bilan aqliy o'yinlar o'ynashni kiritganmiz.

Yuqoridagi fikrlar birinchi ovozli chatimiz haqida. Siz farzandingizni hali ham kanalga obuna qilishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot uchun bosing.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.2K views15:15
Ochish/sharhlash
2023-05-14 17:15:00
Erkak faqat ikki kishining poyini o'pishi mumkin: onasini va qizini!

#erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.2K views14:15
Ochish/sharhlash
2023-05-14 17:05:00
Muammo mohiyatni tushunmasligimizda deb o'ylayman. Muammolarning yechimini Allohdan izlashimizga targ'ib yaxshi, albatta. Lekin bu izlanishdan, harakatdan to'smasligi – harakat qilmasang ham bo'ladi demasligi kerak. Muammoga yo'liqqanda yechim izlash bilan birga Allohdan yordam so'rashni unutmang!

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
3.9K views14:05
Ochish/sharhlash
2023-05-14 10:31:29 Bolalarning rasmini ijtimoiy tarmoqqa qo'yish borasida har xil qarashlar bor. Ba'zilar ko'z tegmasin deya qo'ymaslikni afzal biladi.

Qiz farzandlar balog'at yoshiga yaqinlashar ekan, ularning o'ranib tushgan rasmini ham ijtimoiy tarmoqqa qo'ymaslikni tavsiya qilaman.

Ayoli va onasining rasmini qo'yish ham erkaklik hamiyatiga munosib emas deb bilaman. Ona yoshi ancha katta, satrlangan holatda bo'lsa, boshqa gap. Lekin ba'zilar hali erkak kishi ko'rsa, qiziqish bildiradigan yoshdagi onasining rasmini qo'yganiga hayron qolaman. Ayolingizming rasmini ommaga chiqarmaganingiz kabi onangizni ham qizg'aning.

Ayollarning o'zi ham rasmini qo'yishdan tiyilgani ma'qul. Xususan, erkak kishi buni taqiqlasa, itoat qilsin.

Erkaklar rasm qo'yaversa bo'ladimi degan haqli savol ham bor, albatta. Erkaklar ham ayollarning e'tiborini tortadigan rasmlardan tiyilishi kerak. Boz ustiga, ayolingizning rasmini boshqalar ko'rishini istamaganingiz kabi ayolingiz ham sizning rasmingizni boshqalar ko'rishini istamaydi. Buni ham e'tiborga olish kerak. Bizda ham bu kabi xatolar oldin bo'lgan, endi hushyor bo'lamiz.

Erkak-ayol aralash rasm tushishi ham yaxshi emas, albatta. Ayollar va erkaklar aralashishi o'zi fitnadir, birga rasmga tushib, keyin istaganda va istagancha uni tomosho qilishi esa yanada hamiyatga tegadi.

Umuman olganda, hozirgi kunda rasmga o'qitib, sehr-jodu qilish uchrab turgani bois ijtimoiy tarmoqlarda zaruratsiz rasm qo'yish kerak emas. Media kishilari esa bundan saqlanish uchun hamisha sehr-jodu tegishiga qarshi vositalardan foydalanishi kerak.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.0K views07:31
Ochish/sharhlash
2023-05-14 08:32:27
Modomiki Allohga tomon yurayotgan bo'lsang, ortga boqma!

#shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.7K views05:32
Ochish/sharhlash