Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilgi qabuldan 5 yillik stajga ega o‘rta ma’lumotli xoti | Ilyos Safarov

Joriy yilgi qabuldan 5 yillik stajga ega o‘rta ma’lumotli xotin-qizlarga OTMga kirishda 500 ta kvota ajratilishi belgilangandi.

Ana shu qaror ijrosi bo'yicha joylarda ayrim tushunmovchiliklar kelib chiqayotgan ko'rinadi. Menga yozishlari bo'yicha, hujjat qabul qilayotgan hokimliklar maktablarda o'n yillab "Kamolot" va yoshlar ittifoqi yetakchisi vazifasida ishlagan xotin-qizlarning hujjatlarini "to'g'ri kelmaydi", deya qabul qilmayotgan ekan.

Qarorga mas'ul idoralar vakillari shu masalaga aniqlik kiritib bersa yaxshi bo'lardi. Har holda yuzlab taqdirlar yuzlashayotgan noaniqlik bu.

@haqiqatdaIlyos