Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpog'istondagi vaziyat rivoji zo'ravonlik va qon to'kili | Ilyos Safarov

Qoraqalpog'istondagi vaziyat rivoji zo'ravonlik va qon to'kilishiga qadar bormasligi, namoyishga chiqqanlar hamda hukumat o'zaro murosaga kelishiga umid qilaman.

Qoraqalpoq eli bilan et-u tirnoqdekmiz va bizlarni ajratish mumkin emas. Bu – masalaning birinchi jihati.

Ikkinchi tarafdan, bugungi namoyishlar ortidan tabiiy savol tug'iladi: Vaziyat Ichki ishlar vazirligi tomonidan nukuslik fuqarolarning noqonuniy namoyishga chiqishi, konstitutsiyaviy islohotlarning odamlar orasida noto'g'ri talqin qilinishi, deya malakalandi.

Yaxshi, lekin nega mas'ullar deyarli bir haftadan buyon pishib kelayotgan shu vaziyatga yarasha to'g'ri, xolis va tezkor axborot chiqarish, o'rtadagi noaniqlik bulutlarini tarqatish yo'lidan borishmadi?

Nukusda nimadir bo'layotgani, kutilayotganini bilib, xis qilib turdikku.

Bugungi namoyishlar "Oshkora qotillik qissasi"dagi kabi hamma ko'rib turgan lekin qarshi chora ko'rilmagan kayfiyatning cho'qqisi bo'lmadimi?

Qayerda edi islohotlarni zimmasiga olgan, yagona vakolatli organ - Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari?

Eshitgan bo'lsangiz, bugun namoyishga chiqqanlar "Respublikamizni viloyatga aylantirishmoqchi", "bayroq, gerbimizni taqiqlashmoqchi", deya hayqirishdi.

Xo'sh, bu yolg'on axborot ekani, provokatsiyadan boshqa narsa emasligi haqida odamlarga nega yetarli ma'lumotlar berilmadi?

Afsuski, buning o'rniga OAVni, xolis axborotni va internetni cheklash chorasini ko'rgandek bo'ldik. Afsuski, yechim sifatida yana o'sha samarasiz usulga to'xtalindi.

Fikrimcha, bugungi holatda shu samarasiz tanlovning ham o'rni bordek.

O'rtoqlar, OAV mamlakatga dushman emas. Biz ham tinchlikni xohlaymiz. Biz ham va'da qilinayotgan islohotlar haqiqatda amalga oshishini kutamiz. Bu yo'lda yetkanicha yordam qo'lini cho'zmoqchimiz.

Lekin OAV oldidagi qandaydir taqiqlar doim shu islohotlar yo'lida muammolarni keltirib chiqaraveradi. Cho'zilgan qo'llar havoda qolaveradi.

Buni qachon sezasizlar a?

@haqiqatdaIlyos