Get Mystery Box with random crypto!

Infinitive bilan ishlatiladigan fe'llar Quyidagi fe'llar o' | GREEN GRAMMAR

Infinitive bilan ishlatiladigan fe'llar

Quyidagi fe'llar o'zidan keyin kelgan fe'l to infinitive shaklida bo'lishini talab etadi. E'tiborlisi shuki, quyidagi fe'llarning ba'zilar turli ma'nolarga ega, lekin ro'yxatda aynan qaysi ma'nosida infinitiv talab qilishi keltirilgan. Masalan to seek fe'lining asosiy ma'nosi qidirmoq, lekin harakat qilmoq ma'nosida o'zidan keyin infinitiv talab qiladi.

agree - rozi boʻlmoq, kelishmoq
appear* - koʻrinmoq
seek - harakat qilmoq
refuse - rad qilmoq, bosh tortmoq
seem* - koʻrinmoq, tuyulmoq
fail - uddasidan chiqolmaslik
promise - va'da bermoq
pretend* - -dek koʻrinmoq
beg - yalinmoq
threaten - tahdid qilmoq
afford - qurbi yetmoq
choose - tanlamoq
offer* - taklif qilmoq
forget* - unutmoq
expect* - kutmoq
attempt - harakat qilmoq
learn (how) - oʻrganmoq
need* - kerak boʻlmoq
manage - uddasidan chiqmoq
dare*- jur'at qilmoq
wish - tilamoq
ask - soʻramoq
tend - moyil boʻlmoq
consent - rozi boʻlmoq
decide - qaror qilmoq
aim - moʻljallamoq
demand - talab qilmoq
plan - rejalashtirmoq
can't wait - juda xohlamoq
desire - istamoq
arrange - belgilamoq, rejalashtirmoq
hurry - shoshilmoq
hesitate - ikkilanmoq
hope - umid qilmoq
prepare - tayyorgarlik koʻrmoq
deserve - loyiq boʻlmoq
mean* - niyatda boʻlmoq
strive - harakat qilmoq
struggle - kurashmoq
swear - qasam ichmoq
volunteer - koʻngilli boʻlmoq
claim - da'vo qilmoq
decline - rad etmoq
want* - xohlamoq
happen - ro'y bermoq
try* - urinmoq
care - qiziqmoq

Yuqorida yulduzcha* bilan belgilangan fe'llarga keyingi mavzularda alohida toʻxtalib oʻtiladi.

Examples:
1. As it was late, we decided to take a taxi home. (Kech boʻlganligi tufayli uyga taksida ketishga qaror qildik.)
2. They agreed to lend me some money when I told them the position I was. (Men ularga qanday sharoitdaligimni aytganimdan keyin, ular menga qarz berishga rozi boʻlishdi.)
3. He pretended not to see me as he passed by. (U yonimdan otganda oʻzini meni koʻrmaganlikka oldi.)
4. The teacher was very strict. Nobody dared to talk. (Oʻqituvchi juda qattiqqoʻl edi. Hech kim gaplashishga jur'at qilolmasdi.)

@GREEN_GRAMMAR
@English_Navbahor