Get Mystery Box with random crypto!

46-dars'ni davomi. Infinitiv haqida qoʻshimcha maʼlumot (Addit | GREEN GRAMMAR

46-dars'ni davomi. Infinitiv haqida qoʻshimcha maʼlumot (Additional information about the infinitive)

Infinitive gapdagi mazmuniga qarab 6 ta shaklda keladi. Infinitivda davomiy infinitivlar qo'shilganligi sababli, gerundiyga qaraganda 2 ta ko'p shaklga ega. Quyidagi jadvalda to do fe'lining infinitiv shakllari va qavs ichida ularning nisbati berilgan.
Simple infinitive (active) - to do
Eg. I need to do this exercise. (Men bu mashqni bajarishim kerak)

Simple continuous infinitive (active)- to be doing
Davomiy infinitiv davom etib turgan ish-harakatni bildirib to pretend/seem fe'llaridan keyin qoʻllaniladi.
Eg. When I saw him, he pretended to be reading a book. (Uni koʻrganimda, u oʻzini kitob oʻqiyotgandek koʻrsatdi)

Simple infinitive (passive) - to be done
Majhul nisbatdagi infinitiv ish-harakat bajaruvchisi noma'lum yoki ahamiyatsiz ekanligini koʻrsatadi.
Eg. This work needs to be done. (Bu ish bajarilishi kerak - kim bajarishi ahamiyati yoq )

Perfect infinitive (active) - to have done
Perfect infinitiv infinitivda ifodalangan ish-harakat tugallanganligi yoki ancha oldin sodir boʻlganligini koʻrsatadi.
Eg. You seem to have lost weight. (Siz ozgan koʻrinasiz.)

Perfect continuous infinitive (active) - to have been doing
Infinitivning Perfect continuous infinitive tugallangan davomiylikni bildirib keladi.
Eg. You are tired. Was it hard to have been running all morning? (Siz charchabsiz. Butun ertalab yugurib yurish qiyin boʻldimi?)

Perfect infinitive (passive) - to have been done
Perfect infinitive (passive) o'tgan zamondagi majhul nisbatdagi voqea-hodisalar uchun boshqa fe'llardan keyin ishlatiladi.
Eg. This book is thought to have been written in 15th century. (Bu kitob 15-asrda yozilgan deb taxmin qilinadi.)

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor