Get Mystery Box with random crypto!

Zip Code nima? Uni qanday topaman? Koʻp dasturlarga ariza toʻ | Hujjat topshirish jarayonlari

Zip Code nima? Uni qanday topaman?

Koʻp dasturlarga ariza toʻldirishda biror manzilni yozishda “Zip Code” yozish soʻraladi.

Baʼzilar buning nima ekanini tushuna olmaydi.

“Zip Code” – bu pochta indeksi.

Demak, “Zip Code” soʻralsa, siz yozayotgan manzilning (uyingiz, oʻqish joyingiz, ish joyingiz yoki boshqaning manzilining) pochta indeksi yozilishi kerak.

MUHIM: Baʼzi arizalarda “Zip Code” oʻrniga “Postal Code” soʻzi boʻlishi mumkin. Bu ikkalasi ayni bir narsa – pochta indeksi.

Pochta indeksini qayerdan topaman?

1-usul.
Buning uchun ushbu xaritada eng yaqin pochta bo'limingizni toping va uning indeksini toping.

2-usul. Uzpochta saytining "Ko'p berilgan savollar" qismiga kirasiz. U yerdan “Mening indeksim nima?” savoli javobini ko'rasiz. Sizga butun O'zbekistondagi hududiy pochta bo'limlari ro'yxati chiqadi.

O'z viloyatingiz pochta indekslari berilgan havola ustiga bosib, pochta manzilingizni aniqlashingiz mumkin.

Masalan, aytaylik, menga Farg'ona viloyati, Toshloq tumani, Qumariq qishlog'i pochta indeksi kerak.

Buning uchun BU YERDAGI ro’yxatdan Farg'ona viloyati pochta indekslari berilgan manzilga kiraman. Ro'yxatdan avval tumanni (Toshloq), keyin esa qishloqni (Qumariq) qidiraman.

Menda ikkita pochta indeksi ko'rsatiladi (1-rasm) :
- 713933 (eski indeks)
- 151507 (yangi indeks).
Bunda men yangi indeksni tanlayman va 151507 ni "Zip Code" sifatida kiritaman.

ESLATMA: turli xorijiy universitetlar yoki xalqaro dasturlarga ariza topshirayotganda pochta manzilini aniq yozish muhim ahamiyatga ega. Chunki sizga imzolash uchun qandaydir hujjat, ariza shakli aynan siz ko'rsatgan pochta indeksiga keladi. Pochta indeksini xato yozish esa ishingizni murakkablashtirib yuborishi mumkin.

@grantlar_namuna