Get Mystery Box with random crypto!

Global Youth Summit: 18-24 yoshlilar uchun Janubiy Koreyada xa | Hujjat topshirish jarayonlari

Global Youth Summit: 18-24 yoshlilar uchun Janubiy Koreyada xarajatlari qoplanuvchi 8 kunlik sammit; joy – 140 ta!

Sammit 2023-yil 19-26-iyul kunlari Seul shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Sammitga jami 140 nafar ishtirokchi (Janubiy Koreyadan 20 nafar, boshqa davlatlardan 120 nafar) qabul qilinadi.

Sammitning asosiy mavzusi: Harmony of Global Youths Towards a Sustainable Future.

Imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Ichki transport va sugʻurta xarajatlari qoplanadi
– Xalqaro safar uchun 300 dollar mablagʻ beriladi
– Turli suvenirlar va maxsus sertifikat beriladi

Arizalar 2023-yil 12-iyun 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/global-youth-summit-janubiy-koreyada-xarajatlari-qoplanuvchi-sammit/

@grantlar