Get Mystery Box with random crypto!

Xanns Zaydel jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasida h | Hujjat topshirish jarayonlari

Xanns Zaydel jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasida haq to'lanadigan amaliyot

Nufuzli Xanns Zaydel jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasi bitiruvchi kurs talabalarini amaliyot o'tashga taklif qilmoqda.

Kimlar uchun:
— Bakalavriat yoki magistratura bosqichi bitiruvchi yoki yaqinda bitirgan talaba(lar)i ariza topshirishi mumkin;
— Nemis tilini bilish kamida B2 darajada bilishi kerak;
— Yozishmalar uchun rus va o‘zbek tillarini yetarlicha bilishi lozim;
— MS Office dasturidan (umumiy ofis dasturlari, ijtimoiy tarmoqlar va h.k.) foydalana olishi kerak;
— Yangi narsalarni o'rganishga qiziqishi va g'ayratli bo'lishi lozim

Amaliyotchi vazifalari:
— Oylik hisobotlarni (hujjatlarni) tayyorlash va skanerlashda yordam berish;
— Hujjatlarni o‘zbek yoki rus tilidan nemis tiliga va nemis tilidan o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilish;
— Bitiruvchilarning ma’lumotlar bazasini yaratish va yangilash;
— Idoraviy hujjatlarni rasmiylashtirish va ish yuritish;
— O‘zbekistonlik abituriyentlar uchun Germaniyadagi stipendiyalar bo‘yicha ma’lumotlar papkasini tayyorlash;
— Xanns Zaydel jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasining ijtimoiy tarmoqlarda axborot kanalini yuritish;
— Vakolatxonaning turli tadbirlarini tashkil etishda yordam berish.

Amaliyot 6 oy davom etadi va bu muddat davomida amaliyot uchun haq to'lanadi.

Ariza topshirish:
Nemis tilida tayyorlangan CV — rezyumelar "Praktikant" mavzusi ostida Dustov-J@hss.de elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Ariza topshirish so'nggi sanasi: 2023-yil 12-iyun

@grantlar_namuna