Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.98K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-04-24 06:02:00 Ingliz filologiyasi va unga aloqador yo'nalishda bakalavr diplomiga ega bo'lganlar uchun Germaniyada bepul magistrlik kurslari

Kuzatuvchilarimiz orasida ingliz tili va unga aloqador yo'nalishda o'qigan, magistraturani Germaniyada davom ettirmoqchi bo'lganlar ko'pligini hisobga olgan holda ushbu postni tayyorlashga qaror qildik.

Quyidagi magistrlik kurslarida o'qish ingliz tilida bo'lgani sababli kirish uchun nemis tili talab etilmaydi. Lekin nemis tili o'qishga qabul qilingandan so'ng xodimlar bilan aloqa qilishda kerak bo'lishi mumkin.

1. Masters English Studies Ludwig Maximilian University of Munich. 2023-yilgi QS reytingida TOP 59. Ingliz tilidan kamida C1 daraja talab etiladi. Til sertifikatga ega bo'lmaganlar uchun maxsus 30 daqiqalik imtihon o'tkaziladi.

2. MA: English Studies: Literature, Language, Culture – Free University of Berlin. 2023-yilgi QS reytingida TOP 118. Ingliz tilidan kamida C1 daraja talab etiladi.

3. MA: British, American and Postcolonial Studies – University of Münster. 2023-yilgi QS reytingida TOP 384. Ingliz tilidan kamida C1 (IELTS 7,5) daraja talab etiladi.

4. MA: American and British Studies, English Linguistics University of Saarland. 2023-yilgi QS reytingida TOP 441. Ingliz tilidan C1 daraja talab etiladi.

5. MA: British Studies – University of Regensburg. 2023-yilgi QS reytingida TOP 581-590. Ingliz tilidan C1 daraja talab etiladi. Nemis tili ariza topshirishda talab etilmasa-da, o'qishning 1-yili yakunigacha kamida A1 darajada bilishlari lozim.

6. MA in English and American Studies University of Potsdam. 2023-yilgi QS reytingida TOP 601-650. Ingliz tilidan C1 daraja talab etilsa-da, IELTS 6,5 ham qabul qilinishi mumkin.

7. MA in Comparative Studies - University Düsseldorf. 2023-yilgi QS reytingida TOP 751-800. Ingliz tilidan C1 daraja talab etiladi.

ESLATMA: Germaniyadagi deyarli barcha davlat universitetlarida oʻqish bepul, lekin har semestrda toʻlanishi kerak boʻlgan semestr badali mavjud (1 semestr uchun oʻrtacha 150-400 yevro).

Shuningdek, Germaniyada oʻqish uchun viza olishda bloklangan bank hisobida kamida 11208 yevro (2023-yil aprel holatiga ko'ra) pul bo'lishi talab etiladi. Bloklangan hisob raqami ochish haqida batafsil ma'lumot BU YERDA.

MUHIM: Germaniya universitetlarida o'qish uchun o'z yo'nalishingizga oid magistrlik kurslarini BU YERDAN qidirib topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
8.7K viewsedited  03:02
Ochish/sharhlash
2023-04-23 08:16:04 Hujjatimni nostrifikatsiya qildirmoqchiman, qayerga murojaat qilishim kerak?

Nostrifikatsiya qildirishning 2 xil usuli mavjud:

1-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma taxminan 10 ish kunida tayyor boʻladi.

Bu uchun:
– Portalga kirasiz.
– Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
– Keyin portaldagi xizmatlar roʻyxatidan Ta'lim boʻlimi tanlaysiz.
— Diplomni nostrifikatsiyalash boʻlimiga kirasiz.
– Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli maʼlumotlarni kiritasiz.
– To'lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali). To'lov miqdori jismoniy shaxslar uchun BHM ning 2.7 (2023-yil 20-aprel holatiga ko'ra, 810000 so'm) miqdoriga teng.

2-usul. Davlat Xizmatlari markazi orqali. Bunda o'zingizga eng yaqin va qulay bo'lgan istalgan Davlat Xizmatlari Markaziga kerakli hujjjatlar bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Qanday hujjatlar kerak bo'ladi:
— Хorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi:
— Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjat va unga ilovaning O'zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.

@grantlar_namuna
8.2K views05:16
Ochish/sharhlash
2023-04-22 08:49:32 Muvaffaqiyat yoʻllari

Oʻz oldiga maqsad qoʻygan kishilarning muvaffaqiyatga erishish yoʻllari turlicha boʻladi. Bularni aynan xorijda oʻqish yoki ishlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan vatandoshlarimiz misolida koʻrib chiqamiz.

1. Maʼlum vaqtdan boshlab qatʼiyat bilan, umidni soʻndirmasdan, tizimli harakat qilish orqali va koʻp marta urinishlardan soʻng maqsadga erishish.

Bugun Grantlar.uz saytida Germaniyada 6-18 oy amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi orqali Germaniya klinikasida amaliyot oʻtagan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan qilingan suhbat eʼlon qilindi.

U aynan shu dasturda ishtirok etish uchun qatʼiyat bilan va tizimli harakat qilgan. Xoʻsh, qanday?

Birinchidan, nemis tilini boshlang'ich darajadan ham yomonroq biladigan Hamidullo oʻqishni bitirib, ishlay boshlagach, erinmasdan ishdan tashqari oʻquv kurslariga borib nemis tilini oʻrgangan va yakunda nemis tili boʻyicha B2 sertifikatini olgan.

Maʼlumki, koʻpchilik ishga kirgach, yangi tilni butunlay noldan boshlab oʻrganishga oʻzida yo kuch, yo iroda, yo qatʼiy xohish topa olmaydi. Albatta, buni oʻzlarida vaqtning yetishmayotgani bilan izohlovchilar nihoyatda koʻp. Lekin tan olish kerak – har qanday vaziyatda ham vaqt ajratsa boʻladi: izlagan imkon topar.

Ikkinchidan
, Hamidullo nemis tili sertifikati olgach, FSJ dasturi uchun Germaniya klinikalariga ariza topshira boshlaydi. Uning soʻzlariga koʻra, 2 oy davomida har kuni 20-25 ta klinikaga ariza topshirgan. Koʻplab rad javoblarini olgan boʻlsa ham, to qabul qilingunicha umidini soʻndirmagan, erinchoqlik qilmagan va harakatini susaytirmagan.

Uchinchidan, Germaniyaning oʻzida shifokor boʻlib ishlash istagi tugʻilgach, Oʻzbekistonda olgan diplomini Germaniyada tasdiqlatish uchun topshirgan. Bunda imtihon ham olinadi, imtihondan oʻtsa, diplom tasdiqlanadi va Germaniyada ishlash mumkin. Oʻta olmasa, tasdiqlanmaydi.

Hamidullo amaliyot davomida imtihonga tayyorgarlik koʻrsan va muvaffaqiyatli oʻtgan. Hozirda u Germaniyada shifokor boʻlib ishlamoqda.

2. Yoʻl-yoʻlakay, lekin tizimli harakat qilish orqali va birinchi urinishdanoq muvaffaqiyatga erishish.

Grantlar.uz jamoasi Yaponiyada toʻliq grant asosida magistraturada oʻqish imkonini beruvchi MEXT grantini yutib olgan Eldor Samanov bilan suhbat qilgan.

Eldorning muvaffaqiyat yoʻli Hamidullonikidan farq qiladi.

Birinchidan, Eldor boshidanoq – universitetga kirgach, 1-kursdan boshlab yapon tilini jiddiy oʻrgana boshlagan. Yapon tilini oʻrganishni boshlagan vaqti MEXT grantlari haqida umuman bilmagan. Shuningdek, Yaponiyada oʻqish imkonini beruvchi boshqa grantlardan ham butunlay bexabar boʻlgan.

Lekin yoʻl-yoʻlakay bu dasturlardan xabar topa boshlagach, 2-kurs oxirida Yaponiyada 1 yil oʻqish imkonini beruvchi Nikkensei dasturiga hujjat topshirib, qabul qilingan va 1 yil oʻqib kelgan.

Ikkinchidan, Eldorda magistraturani Yevropada va ingliz tilida oʻqish niyati boʻlgan. Lekin bakalavriat yakuniga yeta boshlagach, turli imkoniyatlar va vaziyatlarni hisobga olib (yoʻl-yoʻlakay), yana Yaponiyada oʻqish uchun (magistratura) MEXT dasturiga topshirgan.

Uchinchidan, Eldor Nikkensei dasturiga ham, magistraturaga kirish imkonini beruvchi MEXT dasturiga ham 1-urinishdayoq qabul qilingan.

3. Grant boʻlmasa, pul bilan boʻlsa ham oʻqib, maqsadga erishish.

Yana bir menga tanish boʻlgan bola (ismini oshkor qilmasligimni soʻradi) koʻp marta turli grantlarga topshirgan, yuta olmagan. Oxiri Britaniya universitetlaridan biriga kontrakt asosida kirib, qarindosh va tanishlaridan qarz olib oʻqishga ketgan. Keyinchalik oʻqish davomida ishladi, orttirdi, qarzlarini uzdi.

Hozirda oʻqishini bitirgan va Britaniyada ishlayapti.

Koʻrib turganingizdek, muvaffaqiyatga erishish jarayonlari turlicha. Kimnidir koʻrib, unga havas qilib, xuddi u kabi urinsangiz-u, oʻxshamasa, umidni soʻndirib, harakatni toʻxtatib qoʻymang. Sizning muvaffaqiyat yoʻlingiz yoki muvaffaqiyatingiz unikidan oʻzgacharoq boʻlishi mumkin.

@grantlar_namuna
3.8K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-04-21 10:47:24 Dunyoda TOP 1000 likka kirmaydigan universitetlarning diplomi Oʻzbekistonda tan olinmaydimi?

Kanalning ayrim obunachilari “Bu universitet TOP 1000 talikka kirmas ekan, diplomi Oʻzbekistonga oʻtmaydi/tan olinmaydi” degan fikrni bildirayotgani kuzatilmoqda.

BU MUTLAQO XATO. Qaysidir xorijiy universitetning TOP 1000 talikka kirmasligi uning diplomi Oʻzbekistonda tan olinmasligini anglatmaydi.

Unda chet el diplomining tan olinish tartibi qanday?

Chet el universiteti diplomining Oʻzbekistonda tan olinishi uchun 3 ta asos bor. Universitet TOP 1000 talikka kiradimi yoki kirmaydimi, shu 3 ta asosga mos boʻlsa, uning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi.

Bu asoslar quyidagicha:
– xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni bergan ta’lim muassasasi va ushbu muassasa tomonidan berilgan hujjatning o‘sha davlat tomonidan tan olingan bo‘lishi;
– xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berishga asos bo‘lgan ta’lim standartlarining yoki ta’lim dasturlarining O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan davlat ta’lim standartlari va ta’lim dasturlariga muvofiqligi;
– O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy ta’lim to‘g‘risida hujjatni bergan davlatning ta’lim tizimiga qo‘yilgan umumiy talablarning mosligi.

Yuqoridagi asoslarga mos boʻlgan chet el diplomi shu asoslarga mos boʻlsa, Oʻzbekistonda tan olinadi.

Nostrifikatsiya nima?

Nostrifikatsiya – bu chet el diplomining tan olish. Yaʼni diplomni “nostrifikatsiya qilish” va “diplomni tan olish” ayni bir xil atamadir.

TOP 1000 talikka kirgan universitetlarning diplomi nostrifikatsiyasiz tan olinadimi?

Bu savolning oʻzi mantiqsiz, lekin shunday savol ham kuzatiladi.

Universitet nufuzi boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda turgan boʻlsa ham, 5000-oʻrinda turgan boʻlsa ham, uning diplomi Oʻzbekistonda nostrifikatsiya qilinadi (yaʼni rasmiy tan olish jarayonidan oʻtadi).

Unda TOP 1000 talikka kirgan va kirmagan universitetlarning diplomini tan olishda (nostrifikatsiya qilishda) qanday farq bor?

Farq quyidagicha:
– TOP 1000 likka kirgan chet el universitetlari diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri, yaʼni maxsus sinovlarsiz (imtihonlarsiz) tan olinadi. Yaʼni tegishli hujjatlarni tegishli tashkilotga topshirasiz va diplomingiz nostrifikatsiya qilinadi (tan olinadi).
– TOP 1000 talikka kirmagan chet el universitetlari diplomlari tan olinishi uchun esa talaba Oʻzbekistonda maxsus sinovlardan (imtihondan) oʻtishi kerak. Maxsus sinov natijasiga ko‘ra, talaba kamida 55 foiz natija qayd etsa, uning xorijdan olgan diplomi tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi), aks holda, tan olinmaydi.

Maxsus sinov tartibi haqida batafsil BU YERDA ma'lumot olishingiz mumkin.

TOP 1000 talikka kirgan chet el universitetlarining diplomlari Oʻzbekistonda tan olinmasligi mumkinmi?

Ha, mumkin. Agar chet el diplomi Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida Nizomning 7-bandidagi talablariga toʻgʻri kelmasa, diplom TOP 1000 talikka kirgan universitetniki boʻlsa ham, tan olinmaydi (nostrifikatsiya qilinmaydi).

Bu Nizomning 7-bandi talablari bilan BU YERDA tanishing.

Lekin TOP 1000 talikka kirgan universitet odatda bu talablarga toʼliq mos boʻladi va tabiiyki, bunday universitetlar diplomining Oʻzbekistonda tan olinmasligi (nostrifikatsiya qilinmasligi) ehtimolda juda uzoq.

@grantlar_namuna
1.3K views07:47
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:36:18 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning ish beruvchi tashkiloti tomonidan fuqarolarga quyidagi sohalarda ishlash taklif etilmoqda:

payvandchi;
muxandis-mexanik;
sanoat mexanigi;
mexatronika muxandisi;
ombor logistikasi;
metal texnologiyasi muxandisi.

Nomzodlar uchun imkoniyatlar:

Oylik maosh 2 420 yevrodan boshlanadi;
O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi;
arzonlashtirilgan yashash-joy topishga ko‘mak;
haftasiga 40 soat ish.

Nomzodlar uchun malaka va til majburiyatlari:

45 yoshgacha bo‘lishi;
Nemis tilidan Gyote yoki ECL dan olingan A2 sertifikat (A1 sertifikatiga ega fuqarolar ham ro’yxatdan o’tishlari mumkin va ular tanlab olinib, viza hujjatlari boshlangunga qadar til bilimini tasdiqlovchi A2 sertifikat taqdim etishlari lozim);
Sanoat mexanigi, mexatronika texnigi, metal texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis, maxsus ombor xodimi, qishloq xo‘jaligi va texnikasi mexanigi/mexatronika texnika kabi sohalarda kasbiy ta’limni tamomlagan va o‘rta maxsus taʼlim olgani haqida diplom;
Avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar xo‘jaligi mashinasozligi texnik yo‘nalishida bakalavr diplom.
Sohada kamida bir yillik tajriba.

Eslatma: Qishloq xo‘jaligi yoki qurilish texnikasi sanoati va sanoat logistikasi hamda gidravlika yoki elektron komponentlarni yig‘ish, forkliftlarni (stapler) haydash tajribasi tanlov jarayonida afzallikka ega.

Qo‘shimcha talablar:

Moslashuvchan
Smenada ishlash
Jamoada ishlash qobiliyati va mas’uliyat
Texnik qobiliyat
Sudlanmagan
Jismonan sog‘lom

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
Kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi (pdf shaklda);
Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (pdf shaklda);
Sudlanmaganlik tog‘risida tasdiqnoma (pdf shaklda);
Tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).

ROʻYXATDAN OʻTISH

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +99871-202-33-55 (ichki raqam 66).

@grantlar_namuna
5.8K views12:36
Ochish/sharhlash
2023-04-20 07:05:34 ​​#bepul_oliygohlar

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi universitet – Islandiyaning Rekyavik shahrida joylashgan Islandiya universiteti haqida maʼlumot beramiz.

1911-yilda asos solingan bu universitetda hozirda taxminan 14 ming nafar talaba tahsil oladi.

2023-yil aprel oyi holatiga koʻra, Islandiya universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari orasida 501-600-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi bo'yicha).

Xarajatlar

– Universitetning barcha bosqichlarida oʻqish barcha talabalar uchun bepul, yaʼni kontrakt summasi (tuition fee) toʻlanmaydi.

– Biroq talabalar, 2023-yil aprel oyi holatiga koʻra, har bir yil uchun 75 000 ISK (taxminan 550 AQSH dollari) miqdorida registratsiya badalini toʻlshi kerak. Keyingi yillarda registratsiya toʻlovi miqdori bir oz oʻzgarishi mumkin.

– Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududiga kirmaydigan davlatlardan boʻlgan nomzodlar (jumladan, oʻzbekistonliklar) ariza topshirishda 8000 ISK (taxminan 59 dollar) miqdorida ariza badalini toʻlashi kerak.

Islandiya universitetida tahsil olish uchun bundan boshqa toʻlov undirilmaydi.

Xalqaro talabalar universitetda ilmiy daraja beruvchi quyidagi dasturlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat dasturlari
– Magistratura dasturlari
– Doktorantura (PhD) dasturlari

Taʻlim tili

Universitetda island yoki ingliz tilida oʻqish mumkin. Bu postda faqat ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar va ularga tegishli qabul jarayonlari haqida maʼlumot beramiz.

– Bakalavriat dasturlarining aksariyati uchun kamida IELTS 6.5, ayrimlari uchun esa IELTS 7.0 talab etiladi.
Magistratura uchun dasturga qarab kamida IELTS 6.5 yoki IELTS 7.5 talab etiladi.

Qaysi yoʻnalishlar uchun qanday til talablari borligi haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Qabul

Islandiyada bakalavriat bosqichida oʻqish uchun 12 yillik taʼlim talab etiladi, shu sababli, maktab, kollej/litseyni Oʻzbekistonda bitirgan nomzodlar avval biror oliy taʼlim muassasasining bakalavriat bosqichida 1 yil oʻqishi kerak, shundan keyin Islandiya universitetlari bakalavriatiga topshirishi mumkin.

Magistraturada oʻqish uchun bakalavrlik darajasiga ega boʻlish lozim.

Aynan oʻzbekistonlik talabalardan talab qilinadigan taʼlim darajasi haqida batafsil bilish uchun BU YERGA kirib, Uzbekistan davlatini tanlang.

Xalqaro talabalardan bakalavriat va magistratura bosqichi uchun arizalar har yili 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Xalqaro talabalarning qabuliga oid boshqa barcha maʼlumotlarni BU YERDAN topasiz.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
6.8K viewsedited  04:05
Ochish/sharhlash
2023-04-19 07:49:49 Turkiyadagi eng arzon universitetlar

Turkiyaning aksariyat davlat universitetlarida kontrakt to'lovi ancha arzon. Bu esa hamyonbop to'lov evaziga sifatli ta'lim olishni istaganlar uchun maqbul tanlov boʻlishi mumkin.

Quyida Turkiyada joylashgan eng arzon universitetlar haqida ma'lumot beramiz:

1. Mugla Sitki Kocman university. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 195 AQSh dollaridan 774 AQSh dollarigacha.

2. Ege University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga o'rtacha 360 AQSH dollariini tashkil qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy yordamga muhtoj yoki akademik ko'rsatkichi yuqori talabalar uchun turli grantlar mavjud.

3. Dicle University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 258 AQSH dollaridan 2500 AQSh dollarigacha.

4. NIgde Omer Halisdemir University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 250 AQSH dollaridan 2500 AQSH dolalariigacha.

5. Manisa Celal Byar University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 108 AQSH dollaridan 720 AQSH dollarigacha.

6. Kirikkale University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 140 AQSH dollaridan 1400 AQSH dollarigacha.

7. Abdullah Gul University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 470 AQSH dollaridan 670 AQSh dollarigacha.

8. Ankara University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 258 AQSH dollaridan 360 AQSH dollarigacha.

9. Bogazici University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab semestriga taxminan 361 AQSH dollarida 1450 AQSH dollaricha.

10. Afyon Kocatepe University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab semestriga taxminan 1000 AQSH dollaridan boshlanadi.

Yuqoridagi universitetlarda darslar asosan turk tilida, lekin ayrimlari ingliz va/yoki turk tillarida ham olib boriladi. Shunga mos tarzda til sertifikatlari ham talab etiladi. Sertfikat bo'lmagan taqdirda universitet tomonidan alohida til bilish darajasini aniqlash bo'yicha test o'tkaziladi.

Har bir universitet akademik yoki ijtimoiy faol, qolaversa, moliyaviy yordamga muhtoj talabalarga turli stipendiyalar ajratadi. Batafsil bilish uchun universitetning rasmiy sahifasidan tekshirib ko'rishni tavsiya etamiz.

@grantlar_namuna
4.5K viewsedited  04:49
Ochish/sharhlash
2023-04-18 08:15:20
Bu yil FLEX dasturiga O'zbekistondan 55 nafar o'quvchi qabul qilindi!

Qabul qilingan o'quvchilar 1yil davomida AQSHda yashaydi va AQSHdagi yuqori sinflar maktabida (high school) o'qiydi.

Dasturda ishtirok etish bilan bog'liq barcha xarajatlar (yashash, o'qish, borish va kelish xarajatlari va h.k.) AQSH hukumati tomonidan qoplanadi.

FLEX dasturiga navbatdagi qabul 2023-yil avgustda boshlanadi.

Bu safargi qabulda ham o'quvchilarga doimiy ravishda yo'l-yo'riq va ma'lumot berib boramiz.

G'oliblarni esa chin dildan tabriklaymiz! AQSHda sizni sarguzashtlarga bor 1 yil kutmoqda.

P.S. FLEX dasturi haqida BU YERDA tanishing (bu ma'lumotlar muddati tugagan qabulga tegishli, 2023-yil avgustda yangi ma'lumotlar joylanadi).

@grantlar_namuna
16.5K viewsedited  05:15
Ochish/sharhlash
2023-04-17 06:02:00 #Avstriya

Bugun kontrakti arzon oliygoh – Vena texnologiya universiteti haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

1815-yili tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 28 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2023-yil aprel oyi holatiga ko'ra, Vena texnologiya universiteti dunyodagi eng yaxshi universitetlar ro'yxatida 179-o'rinni egallab turibdi (QS reytingi bo'yicha).

Xarajatlar

– Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy zonasiga kirmaydigan davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari uchun kontrakt toʻlovi 1 semestr uchun 726,72 yevroni (taxminan 799 AQSH dollari) tashkil etadi.

– Shuningdek, kontrakt summasidan tashqari har semestrda 201,2 yevro (taxminan 23 dollar) talabalar ittifoqi badali toʻlanishi lozim.

Bosqichlar va dasturlar

Universitetda ilmiy daraja beruvchi quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Doktorantura

Dasturlar roʻyxatini yuqoridagi bosqichlar ustiga bosish orqali koʻrishingiz mumkin.

Shuningdek, universitetga tayyorlov kurslari (til kurslari) ham mavjud.

Taʼlim tili

Bakalavriatdagi
barcha dasturlar nemis tilida oʻqitiladi. Shu sababli nomzoddan nemis tilini bilish talab etiladi.

Nomzod bevosita bakalavriatda oʻqishni boshlashi uchun aksariyat hollarda nemis tilini C1 darajada bilishi va buni biror til setifiikati bilan isbotlashi lozim.

Biroq nemis tilida A2 darajaga ega boʻlganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Bunda ular bevosita bakalavriatga emas, tayyorlov kursiga qabul qilinadi. Tayyorlov kursining yillik kontrakti 2000 yevrogacha boʻlishi mumkin. Tayyorlov kursi oxirida imtihon topshirib, soʻng bakalavriatga kiriladi.

Magistraturada esa nemis tilida yoki ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar mavjud.

Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarda nemis tilini bilish talab etilmaydi, aksincha, ingliz tilini kamida B2 darajada bilish talab etiladi.

Nemis tili talablari esa xuddi bakalavriatniki bilan bir xil (A2 daraja bilan tayyorlov kursiga kirish ham bir xil).

Doktoranturani yo nemis, yoki ingliz tilida oʻqish mumkin. Til talabi aniq keltirilgan boʻlmasa-da, doktorant taʼlim tilini ilmiy izlanish olib borish darajasida bilishi kerak.

Qabul jarayoni va sanalari

Bakalavriat
dasturlari 2 ga boʻlinadi:
a) qabul qilinuvchi talabalar soni belgilangan dasturlar – bunda nomzod oflayn kirish testini ham topshirishi kerak boʻladi. Agar hujjat topshirganlar soni qabul kvotasidan kam boʻlsa, test olinmasligi mumkin.
b) qabul qilinuvchi talabalar soni belgilanmagan dasturlar – bunda nomzod onlayn test topshiradi. Biroq bu test universitetga kirish uchun emas, nomzodning bilimini baholab, bilib olish uchun olinadi.

Bakalavriatga qabul jarayoni haqida batafsil maʼlumotni kerakli bakalavrlik dasturini tanlash orqali bilib olishingiz mumkin.

Magistratura bosqichiga qabulda odatda test boʻlmaydi, faqat hujjatlar asosida qabul qilinadi. Biroq ayrim hollarda talabaning koʻrsatkichlari yoki hujjatlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha test olinishi mumkin.

Qabul sanalari bilan BU YERDA tanishing.

Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Har bir bosqich uchun ariza shakli va kerakli hujjatlar ro'yxatini BU YERDAN topishingiz mumkin.

Batafsil maʼlumot uchun universitetning rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring.

@grantlar_namuna
2.6K views03:02
Ochish/sharhlash
2023-04-16 12:32:48 Dunyoning TOP universitetlariga oʻqishimni (bakalavriat) koʻchirsam boʻladimi?

Javob:
Baʼzilariga koʻchirish mumkin, baʼzilariga esa yoʻq.

Quyida dunyoning ayrim TOP universitetlariga oʻqishni koʻchirish mumkin yoki mumkin emasligini koʻrib chiqamiz.

1. Massachusetts texnologiya instituti (AQSH). Ha, oʻzbek talabalar bu OTMga oʻqishini koʻchirsa boʻladi:
Asosiy sharti: boshqa OTMda kamida 1 oʻquv yili va koʻpi bilan 2 oʻquv yilini bitirgan boʻlish kerak.
– Yiliga oʻrtacha nechta talaba oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilinishi aniq keltirilmagan, kam sonli talabalar qabul qilinadi deyilgan.
– Oʻqishni koʻchirishda raqobat juda yuqori, eng yuqori koʻrsatkichli talabalar qabul qilinadi.
BATAFSIL

2. Oksford universiteti (Buyuk Britaniya). Yoʻq, Oksford universitetida dunyoning hech bir davlatidan (Britaniyaning oʻzidan ham) talabalarni oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilmaydi.
BATAFSIL

3. Stenford universiteti (AQSH). Ha, oʻzbek talabalar Stenford universitetiga oʻqishini koʻchirsa boʻladi:
Asosiy sharti: boshqa xalqaro tan olingan universitetda oʻqib, toʻplagan kreditlarni koʻchirmoqchi boʻlgan semestrigacha Stenfordda oʻtilgan kurslardagi kreditlar teng yoki koʻproq boʻlishi kerak. Boshqa OTMda 2 oʻquv yilidan koʻproq oʻqigan talabalar ham ariza topshira oladi, lekin ular Stenford universitetida kamida 2 oʻquv yilini bitirishi lozim.
Yiliga oʻrtacha nechta talaba oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilinishi aniq keltirilmagan, kam sonli talabalar qabul qilinadi deyilgan.
– Oʻqishni koʻchirishda raqobat juda yuqori, eng yuqori koʻrsatkichli talabalar qabul qilinadi.
BATAFSIL

4. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya). Yoʻq, oʻzbek talabalarini oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilmaydi. Faqat ayrim hollarda Britaniyada joylashgan universitet talabalarini oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilishi mumkin.
BATAFSIL

5. Garvard universiteti (AQSH). Ha, oʻzbek talabalar Garvard universitetiga oʻqishini koʻchirsa boʻladi:
Asosiy sharti: boshqa OTMda kamida 1 oʻquv yili va koʻpi bilan 2 oʻquv yilini bitirgan boʻlish kerak.
Yiliga oʻrtacha 12 ta talaba Garvardga oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilinadi.
– Oʻqishni koʻchirish uchun yiliga oʻrtacha 1500 ta ariza kelib tushadi.
– Oʻqishni koʻchirishda raqobat juda yuqori, eng yuqori koʻrsatkichli talabalar qabul qilinadi.
BATAFSIL

6. Kaliforniya Texnologiya instituti (AQSH). Ha, oʻzbek talabalar Kaliforniya Texnologiya Institutiga universitetiga oʻqishini koʻchirsa boʻladi:
Asosiy sharti: boshqa xalqaro tan olingan universitetda oʻqib, toʻplagan kreditlarni koʻchirmoqchi boʻlgan semestrigacha KTIda oʻtilgan kurslardagi kreditlar teng yoki koʻproq boʻlishi kerak. Oxirgi kurs talabalari oʻqishini koʻchirib oʻtkaza olmaydi.
Yiliga oʻrtacha nechta talaba oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilinishi aniq keltirilmagan, kam sonli talabalar qabul qilinadi deyilgan.
– Oʻqishni koʻchirishda raqobat juda yuqori, eng yuqori koʻrsatkichli talabalar qabul qilinadi.
BATAFSIL

7. London imperiya kolleji. Yoʻq, oʻzbek talabalarini oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilmaydi. Faqat ayrim hollarda Britaniyada joylashgan universitet talabalarini oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilishi mumkin.
BATAFSIL

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, oʻzbek talabalar AQSHning TOP universitetlariga oʻqishini koʻchirish mumkin, lekin Britaniyada joylashgan TOP OTMlarga koʻchira olmaydi.

Xorijiy universitetlarga o'qish ko'chirish haqida:

MAQOLA

VIDEO

@grantlar_namuna
6.0K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash