Get Mystery Box with random crypto!

​​President Tech Award: Eng yaxshi startaplar uchun umumiy mu | Hujjat topshirish jarayonlari

​​President Tech Award: Eng yaxshi startaplar uchun umumiy mukofot jamg'armasi
$1 000 000 bo'lgan tanlov

President Tech Award – bu 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi dasturiy mahsulotlar uchun startaplar tanlovidir.

Kimlar uchun: tanlovda 30 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari jamoa bo'lib ishtirok etishlari mumkin. Jamoalar tarkibi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 3-8 kishidan, maxsus yo‘nalishda esa 3-5 kishidan iborat bo‘lishi kerak.

Yo'nalishlar:
1. Sunʼiy intellekt texnologiyalari;
2. Ijtimoiy yo'nalishda raqamli texnologiyalar;
3. Axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalar;
4. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
5. Kompyuter va mobil oʻyin dasturlari
6. Maxsus yo'nalish - Hakaton

Mukofotlar:
1-oʻrin uchun 100 000 AQSH dollari.
2-oʻrin uchun 50 000 AQSH dollari.
3-oʻrin uchun 30 000 AQSH dollari.
— Maxsus yo'nalish - Hakaton bo'yicha g'olibga 100 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻi ajratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun BU YERDAN jamoangiz bilan ro'yxatdan o'ting va loyihangizni yuklang.

Tanlovga ariza topshirish uchun oxirgi sana: 2023-yil 7-iyul

Tanlov shartlari va u bilan bog'liq bo'lgan barcha ma'lumotlar bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna