Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan TOEFL yoki IELTS imtiho | Hujjat topshirish jarayonlari

Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan TOEFL yoki IELTS imtihoniga tayyorgarlik uchun 1 oylik bepul kurs

Toshkentdagi Amerika markazi TOEFL va IELTS kabi imtihonlarga tayyorlanayotganlar uchun bepul English test Prep Course: Reducing Test Anxiety nomli 1 oylik kurs tashkil etmoqda.

Ushbu kurs ishtirokchilarning ingliz tilidagi bilimlarini oshirish, qolaversa, imtihondan avval ruhiy holatini yaxshilashga mo'ljallangan bo'lib, amerikalik ta'lim psixologi Lori Vulf tomonidan olib boriladi.

O'tkazilish vaqti: mashg'ulotlar 2023-yil 15-maydan boshlanadi. Darslar haftada 3 marta 60 daqiqadan bo'lib, dushanba, seshanba va chorshanba kunlari, soat 15:00 dan 19:00 gacha bo'lib o'tadi.

Mashg'ulotlar to'liq ingliz tilida olib boriladi, shu sabab nomzodlardan ingliz tilii yetarlicha bilish talab etiladi. Til sertifikati majburiy emas.

Kursda ishtirok etish uchun BU YERDAGI ariza shakilini to'ldiring. Ariza to'ldirish jarayonida sizdan "Bu kursda nega qatnashmoqchisiz?" degan savolga kamida 100 so'zdan iborat javob yozishingiz kerak.

Ariza to'ldirish oxirgi muddati: 2023-yil 10-may.

ESLATMA: joylar soni cheklangan va barcha mashg'ulotlarda to'liq qatnasha oladigan nomzodlarga ustunlik beriladi.

@grantlar_namuna