Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.89K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-05-04 08:02:29 ​​President Tech Award: Eng yaxshi startaplar uchun umumiy mukofot jamg'armasi
$1 000 000 bo'lgan tanlov

President Tech Award – bu 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi dasturiy mahsulotlar uchun startaplar tanlovidir.

Kimlar uchun: tanlovda 30 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari jamoa bo'lib ishtirok etishlari mumkin. Jamoalar tarkibi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 3-8 kishidan, maxsus yo‘nalishda esa 3-5 kishidan iborat bo‘lishi kerak.

Yo'nalishlar:
1. Sunʼiy intellekt texnologiyalari;
2. Ijtimoiy yo'nalishda raqamli texnologiyalar;
3. Axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalar;
4. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
5. Kompyuter va mobil oʻyin dasturlari
6. Maxsus yo'nalish - Hakaton

Mukofotlar:
1-oʻrin uchun 100 000 AQSH dollari.
2-oʻrin uchun 50 000 AQSH dollari.
3-oʻrin uchun 30 000 AQSH dollari.
— Maxsus yo'nalish - Hakaton bo'yicha g'olibga 100 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻi ajratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun BU YERDAN jamoangiz bilan ro'yxatdan o'ting va loyihangizni yuklang.

Tanlovga ariza topshirish uchun oxirgi sana: 2023-yil 7-iyul

Tanlov shartlari va u bilan bog'liq bo'lgan barcha ma'lumotlar bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna
10.4K views05:02
Ochish/sharhlash
2023-05-03 06:02:00 Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan TOEFL yoki IELTS imtihoniga tayyorgarlik uchun 1 oylik bepul kurs

Toshkentdagi Amerika markazi TOEFL va IELTS kabi imtihonlarga tayyorlanayotganlar uchun bepul English test Prep Course: Reducing Test Anxiety nomli 1 oylik kurs tashkil etmoqda.

Ushbu kurs ishtirokchilarning ingliz tilidagi bilimlarini oshirish, qolaversa, imtihondan avval ruhiy holatini yaxshilashga mo'ljallangan bo'lib, amerikalik ta'lim psixologi Lori Vulf tomonidan olib boriladi.

O'tkazilish vaqti: mashg'ulotlar 2023-yil 15-maydan boshlanadi. Darslar haftada 3 marta 60 daqiqadan bo'lib, dushanba, seshanba va chorshanba kunlari, soat 15:00 dan 19:00 gacha bo'lib o'tadi.

Mashg'ulotlar to'liq ingliz tilida olib boriladi, shu sabab nomzodlardan ingliz tilii yetarlicha bilish talab etiladi. Til sertifikati majburiy emas.

Kursda ishtirok etish uchun BU YERDAGI ariza shakilini to'ldiring. Ariza to'ldirish jarayonida sizdan "Bu kursda nega qatnashmoqchisiz?" degan savolga kamida 100 so'zdan iborat javob yozishingiz kerak.

Ariza to'ldirish oxirgi muddati: 2023-yil 10-may.

ESLATMA: joylar soni cheklangan va barcha mashg'ulotlarda to'liq qatnasha oladigan nomzodlarga ustunlik beriladi.

@grantlar_namuna
6.0K views03:02
Ochish/sharhlash
2023-05-02 10:17:10 Slovakiya Respublikasi Milliy Stipendiyasi almashinuv dasturiga qabul yakunlangani haqida xabar bergan edik.

2023-2024-o’quv yili uchun ushbu mavsumda dunyo bo’ylab jami 500 nafar nomzod ariza topshirdi. Ulardan:
— A - talaba yo’nalishi bo’yicha: 229 nafar;
— B - PhD talaba yo’nalishi bo’yicha: 61 nafar;
— C - tadqiqotchi yo’nalishi bo’yicha: 210 nafar nomzod topshirgan.

Ma’lumot uchun, o’tgan mavsumda ushbu grant uchun dunyo bo’ylab jami 447 ariza topshirilgan.
Ularning 122 nafari dastur uchun qabul qilingan:
— A - talaba yo’nalishi bo’yicha: 41 nafar (136 tadan). Qabul qilingan talabalarning 30 nafari O’zbekistondan;
— B - PhD talaba yo’nalishi bo’yicha: 15 nafar (81 tadan);
— C - tadqiqotchi yo’nalishi bo’yicha: 66 nafar (230 tadan).

MUHIM: 30-aprelda ariza topshirgan nomzodlarning natijalari 2023-yil iyun oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinadi va dasturga qabul qilingan nomzodlarga email orqali xabar yuboriladi.

ESLATMA: Ushbu dasturning keyingi mavsumi uchun arizalar qabul qilish muddati 2023-yil 31-oktyabr.

@grantlar_namuna
6.4K viewsedited  07:17
Ochish/sharhlash
2023-05-01 10:07:02 MEXT grantlari imtihonida tushadigan savollar

2023-yil 26-mayda
MEXT Research Student va MEXT Undergraduate Students grantlariga arizalar qabul qilish bosqichi yakuniga yetadi.

9-iyunda ariza topshirish bosqichi natijalari eʼlon qilinadi.

17-18-iyunda esa imtihon bosqichi boʻlib oʻtadi (joyi imtihon bosqichiga oʻtganlarga maʼlum qilinadi).

Imtihon bosqichini qabul jarayonining eng muhim bosqichi deyish mumkin. Va imthonga alohida tayyorgarlik koʻrish qattiq tavsiya etiladi.

MEXT Research Student dasturi uchun

Bunda nomzodlar faqat 2 ta fan – ingliz tili va yapon tilidan imtihon topshiradi.

Ingliz tilida oʻqish uchun ariza topshirganlar ingliz tilidan jiddiyroq tayyorlanishi lozim. Jumladan, IELTS 8 ball bilan ham mazkur grantning til imtihonidan oʻta olmaganlarni bilamiz. Shuningdek, IELTS 7 daraja bilan til imtihonidan oʻtganlardan ham shaxsan xabardormiz.

Ingliz tili imtihonining noqulaylik jihati shundaki, uning formati IELTS formatidan farq qiladi. Shu sababli IELTS 8 daraja olganlar ham imtihondan oʻta olmay qolishi mumkin.

Shu sababli oʻtgan yillarda tushgan savollarni koʻrib (ishlab) chiqib, shu formatdagi testlarga tayyorlanish tavsiya qilinadi.

Shuningdek, bu yildan boshlab ingliz tilida oʻqishga ariza topshirganlar yapon tilini boshlangʻich darajada (hiragana va katakana alifbosini) bilishi lozim.

MEXT Research Student dasturi uchun oʻtgan yillarda tushgan testlar va ularning javoblarini BU YERDAN “Research students” boʻlimida yuklab olishingiz mumkin (ingliz tili savollari ham, yapon tili savollari ham bor).

Faqat yapon tilida imtihon topshirmoqchi boʻlganlar ham oʻtgan yillardagi savollar va ularning javoblarini koʻrib chiqib, alohida tayyorgarlik koʻrish kerak. Bunday nomzodlar ingliz tilidan testlarni yechmasdan chiqishi ham mumkin.

Ham ingliz, ham yapon tilida testlarni ishlovchilarda imtihondan oʻtish ehtimoli yuqoriroq, albatta. Lekin bu degani faqat yapon yoki asosan ingliz tilida (bunda kamida hiragana va katakanani bilish lozim) imtihon topshiruvchilarda imkoniyat yoʻq degani emas.

Jumladan, har ikkala tilda imtihon topshirib yoki faqat asosan bitta tilda (ingliz yoki yapon) tilda imtihon topshirib, ushbu grantni yutib olganlar bor.

MEXT Undergraduate Students dasturi uchun

Bunda nomzodlar ingliz va yapon tili, shuningdek, yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislik fanlaridan ham imtihon topshiradi. Mutaxassislik fanlarning hammasi ingliz tilida boʻladi.

Bunda nomzod ingliz tilini bilishi lozim. Yapon tilini esa boshlangʻich darajada (hiragana va katakanani) bilish yetarli.

MUHIM: Yapon tilida birorta ham testni yechmay chiqqanlar avtomatik tarzda imtihondan oʻta olmaydi. Shu sababli, yapon tilini umuman bilmasangiz ham, hiragana va katakana alifborlarini yodlab oling. Har birida 46 tadan harf bor va ularni iyun oʻrtalarigacha bemalol yodlab olsa boʻladi.

Oʻtgan yillarda tushgan savollar va ularga javoblarni BU YERDAN “Undergraduate students” boʻlimida yuklab olishingiz mumkin (yapon tili savollari berilmagan).

Mazkur grantga topshirgan/topshirayotganlarga omad tilaymiz!

@grantar_namuna
7.1K views07:07
Ochish/sharhlash
2023-05-01 08:05:43 Iyunda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2023-yil iyun oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi! (dedlayn: 1-iyun)

SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-iyun)

Dunyoning 15-raqamli universitetida tibbiyot sohasida magistratura kurslarini onlayn oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-iyun)

JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5400 dollar va Britaniyaga bepul sayohat! (dedlayn: 2-iyun)

Dunyoning 15-raqamli universitetida onlayn magistratura kurslarini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati! (dedlayn: 6-iyun)

Bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat! (dedlayn: 7-iyun)

Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 9-iyun)

Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi! (dedlayn: 13-iyun)

Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi! (dedlayn: 13-iyun)

Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq! (dedlayn: 15-iyun)

Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 15-iyun)

Khazar University: Ozarbayjonda barcha bosqichlarda oʻqish uchun grantlar (dedlayn: 15-iyun)

Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov! (dedlayn: 25-iyun)

Iqlim oʻzgarishi taʼsiri aks etgan fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling! (dedlayn: 27-iyun)

International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi! (dedlayn: 30-iyun)

Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar! (dedlayn: 30-iyun)

Yaponiyada istalgan soha boʻyciha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 30-iyun)

Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 30-iyun)

Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 30-iyun)

May oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
4.5K views05:05
Ochish/sharhlash
2023-04-30 11:01:00
Speaking 2 oyda 5.0-5,5 dan 6.5-7 ga chiqaramiz, faqat vazifalarni o'z vaqtida bajarilsagina

Diqqat:
4 martadan ko'p dars qoldirgan o'quvchi kursdan haydaladi.

Kurs haqida:
Davomiyligi- 2 oy
Dars har kuni bo'ladi (Zoomda)
Har hafta 1 martalik to'liq mock+ xatolar ustida ishlash uchun feedback
To'lov qancha: 220 000 so'm 1 oy uchun.

O'qituvchi kim?
Speaking marathon bo'yicha 1 yillik tajribaga ega tutor..
Ezoza: Speaking 7.5

Dastlab BEPUL sinov darsiga qatnashing!

Dars uchun link quyidagi guruhga joylanadi https://t.me/speakingmarathon2023


O'quvchilarimizning kurs haqida fikri
https://t.me/speakingmarathon2023/126?single

Contact us: @speaking2023NE
2.1K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-04-29 10:25:15 Hozirga qadar dunyoning turli davlatlaridagi oʻqish bepul boʻlgan bir qancha universitetlar haqida postlar tayyorlaganmiz.

Baʼzi mushtariylar “Bu universitetlarga chindan kirsa boʻladimi oʻzi?” deb ham soʻrashyapti.

Ha, albatta kirsa boʻladi. Oʻqish bepul boʻlgan universitetlarda koʻplab oʻzbek talabalar tahsil olgan va olmoqda.

Ularning baʼzilari bilan Grantlar.uz jamoasi suhbat ham qilgan.

Quyida oʻqish bepul universitetlarda tahsil olgan/olayotgan hamyurtlarimiz bilan boʻlgan suhbatlarni oʻqishingiz mumkin:

Berea kollejida (AQSH) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
Berea kolleji haqida

Erlangen-Nyurenberg universitetida (Germaniya) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
Erlangen-Nyurenberg universiteti haqida

Bamberg universitetida (Germaniya) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
Bamberg universiteti haqida

Zigen universitetida (Germaniya) tahsil olayotgan hamyurtimiz bilan suhbat
Zigen universiteti haqida

Hozirda oʻqish bepul universitetlarning ayrimlariga arizalar qabul qilinmoqda, baʼzilariga esa qabul endi boshlanadi. Talablarga mos boʻlsangiz, siz ham topshirishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
14.3K views07:25
Ochish/sharhlash
2023-04-28 14:58:11 “Summer MediaCamp-2023” : media savodxonligi bo’yicha talaba-yoshlar uchun 1 haftalik bepul oromgoh

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi hamda O’zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida Media olamidagi yoshlar uchun “Summer MediaCamp-2023” oromgohi tashkil etilmoqda.

Oromgoh 2023-yilning 23-27-iyun kunlari go’zal tog’ qo’ynidagi dam olish maskanida O’zbekistonning barcha hududlaridan tanlab olingan 50 nafar talaba-yoshlar yetakchilari ishtirokida bo'lib o'tadi.

Nomzodlarga qo'yilgan talablar:
— Media sohasida o'z kasbiy yo'lini davom ettirmoqchi bo'lgan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan universitet talabasi bo'lish
— Media yo'nalishida tajribaga ega bo'lish (OAVda ishlash, volontyorlik tajribasi, kopirayterlik, veb-dizayn, targeting, foto/videografiya boʻyicha tajriba)
— O'zbek, ingliz va rus tillarni bilish
— Intizom va mas'uliyatli bo'lish
— Volontyorlik tajribasiga ega yoshlarga ustunlik berilishi mumkin

DIQQAT: dasturga qabul qilingan 50 nafar talaba 1 haftalik oromgohda bepul ishtirok etadi. Oziq-ovqat va turar-joy bilan ta'minlanadilar.

Tanlovda ishtirok etish 2 bosqichdan iborat:

1-bosqich:
BU YERDAGI havola orqali anketani to’ldiriladi. Anketani toʻldirishning oxirgi muddati: 2023-yil 9-may.

2-bosqich:
Saralashdan o’tgan ishtirokchilar bilan Zoom platformasida intervyu bo’lib o’tadi

Oromgoh haqida batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
6.4K views11:58
Ochish/sharhlash
2023-04-28 11:34:25 Kanadada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant yutgan oʻzbek talabasining motivatsiya xati

Study in Canada nomli to'liq grant dasturi mavjud, lekin 2021-yildan boshlab bu grantga O'zbekiston fuqarolari hujjat topshira olmaydi.

2021-yildan avval bu grantga o'zbekistonliklardan ham hujjatlar qabul qilingan. Bugun ilgari shu grantni yutgan, hozirda magistratura kursini Kanadada o'qiyotgan hamyurtimizning motivatsiya inshosi bilan tanishasiz.

Garchi oʻzbeklar bu dasturga endi hujjat topshira olmasa-da, ushbu insho Kanadaning boshqa grantlariga, jumladan, McCall MacBain Scholarships grantiga, shuningdek, boshqa davlatlardagi nufuzli universitetlarga ariza topshirishda asqatishi mumkin.

ESLATMA: Inshodan faqatgina namuna sifatida foydalaning. Uni oʻzingizning insho sifatida biror dasturga topshirish plagiat hisoblanadi va bu arizangizning qabul qilinmasligiga sabab boʻladi.

@grantlar_namuna
6.2K viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2023-04-27 10:21:49 MEXT Research Student grantini yutgan oʻzbek talabalarning hujjatlari

Bu dastur Yaponiya universitetlarining magistratura va doktorantura bosqichida toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyatini beradi.

Hozirda bu grantga arizalar qabul qilinmoqda va qabul 2023-yil 26-may soat 17:00 da yakunlanadi.

Biz avvalgi yillarda bu grantni yutgan oʻzbek talabalarning hujjatlarini joylaganmiz. Ularni qayta eʼtiboringizga havola qilamiz.

Yapon tilida oʻqish uchun grant yutgan talabaning hujjatlari

Ingliz tilida oʻqish uchun grant yutgan talabaning hujjatlari

MUHIM: Hujjatlardan faqat namuna sifatida foydalaning. Ularning mazmunini oʻzlashtirish yoki oʻzingiz yozgan insho/ish sifatida topshirish plagiat hisoblanadi. Plagiat aniqlangan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

MEXT Research Student granti haqida batafsil

@grantlar_namuna
3.0K views07:21
Ochish/sharhlash