Get Mystery Box with random crypto!

Volunteer Program Leader: Toshkentdagi Amerika Markazida volon | Hujjat topshirish jarayonlari

Volunteer Program Leader: Toshkentdagi Amerika Markazida volontyorlik

Toshkentdagi Amerika markazi alohida iqtidor, tal'ant va qobiliyatga ega yoshlarni ushbu markazda volontyorlik qilishga taklif etmoqda.

Dasturi Toshkentdagi Amerika markazida o'z loyihalariga moderatorlik qilishni xohlovchi g'ayratli, qobiliyatli va malakali ko'ngillilar uchun mo'ljallangan.

Volontyorlik uchun talablar:
— Kamida 16 yosh bo'lish.
— Ingliz, o'zbek va/yoki rus tilini yetarli darajada bilish.
— Alohida iqtidor yoki qobiliyatga ega bo'lish va uni boshqalarga o'rgatishni maqsad qilish.

Dastur bir oy davom etadi va uch oygacha uzaytirilishi mumkin. Volontyorlik dasturi muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng sertifikat beriladi.

Dasturda ishtirok etish uchun BU YERDAN ro'yxatdan o'ting.

Ariza topshirish so'nggi sanasi: 2023-yil 16-may.

ESLATMA: faqatgina to'liq maqsadli va rejaga ega 2 ta volontyor dastur uchun qabul qilinadi. Ko'ngillilar hech qanday stipendiya yoki moddiy foyda ololmaydi va kelajakda ishlash huquqi kafolatlanmaydi.

Xalqaro darajadagi markazda volontyorlik qilish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

@grantlar_namuna