Get Mystery Box with random crypto!

JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5500 dollar va Gretsiyaga be | Grantlar.uz

JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5500 dollar va Gretsiyaga bepul sayohat!

Jahon savdo tashkiloti navbatdagi WTO Essay Award for Young Economists esselar (ilmiy maqolalar) tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda PhD darajasiga ega yoki PhD bosqichini yakunlash jarayonidagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Esselar ingliz tilida, savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi muammolariga qaratilgan boʻlishi kerak.

Mukofot:
– 5547 AQSH dollari
– Gretsiyadagi taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyati (xarajatlar qoplanadi)

Esselar 2024-yil 3-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/wto-essay-award-for-young-economists/

@grantlar