Get Mystery Box with random crypto!

Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul m | Grantlar.uz

Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 15 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 15 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2024-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2024-yil 31-may, 13:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar