Get Mystery Box with random crypto!

Pekin-2022 Olimpiada o‘yinlari yakunlandi. Xitoyning Pekin sh | Eng Yoki Birinchi

Pekin-2022 Olimpiada o‘yinlari yakunlandi.

Xitoyning Pekin shahri mezbonlik qilgan 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. 4-fevral kuni start olgan Olimpiadaning so‘nggi musobaqalari 20-fevral kuni o‘tkazildi va barcha sovrindorlar ma’lum bo‘ldi. Medallar reytingi bo‘yicha Norvegiya delegatsiyasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Norvegiyaliklar Pekin o‘yinlarida 16 ta oltin, 8 ta kumush va 13 ta bronzaga ega chiqdi. Germaniya ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, mezbonlar kuchli uchlikdan o‘rin oldi. AQSh kuchli uchlikka kira olmadi. O‘zbekiston nomidan qatnashgan yagona sportchi, tog‘ chang‘isi bo‘yicha bahslarini muddatidan avval yakunlagandi. Pekin Olimpiadasining yopilish marosimi bugun kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.

@engyokibirinchi | #Sport