Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-02-06 11:41:21
Bugun "Xalqaro mobil telefonsiz kun".

Smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bo'lgan. Ular hayotimizni ancha osonlashtirganini hech kim inkor eta olmaydi. Psixologlar, sotsiologlar, tibbiyot mutaxassislari mobil telefondan foydalanish va ruhiy salomatlik o'rtasidagi bog'liqlikni ancha vaqtdan beri o'rganishmoqda.Odamlar batareya quvvati, Internet paket tugab qolishidan yoki mobil telefonlarini yo'qotib qo'yishidan stressga tushishadi.

Uyali telefonsiz Butunjahon kuni fransuz yozuvchisi Fil Marso tomonidan uyali telefonlarga tobora ortib borayotgan tobeligimiz haqida xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etgan. Marso, biz ularga ko'p ishonmasligimiz kerak va uning hayotingizdagi rolini qayta ko'rib chiqish uchun yiliga kamida bir kun telefoningizdan voz kechish foydali bo'lishi mumkin deb hisoblaydi. 2001-yil 6-fevraldan ushbu kun butunjahon bo'ylab nishonladi.

Siz kun davomida nechi soat telefondan foydalanasiz. Telefondan necha kun foydalanmay yurishingiz mumkin.

@engyokibirinchi | #Day
5.8K views08:41
Ochish/sharhlash
2022-02-02 19:15:00
Diqqat do'stlar dushanbadan o'qishga oramizda kimlar ko'p?
Anonymous Poll
61%
Talabalar
39%
O'quvchilar
2.9K voters5.6K views16:15
Ochish/sharhlash
2022-02-02 19:00:10 Diqqat usha gap
5.8K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-02-02 17:02:41
#Xushxabar #Tarqating
Uzoq kutilgan voqea. O‘zbekistonda xorijiy avtomobillarning bojxona rasmiylashtiruvi (Rastamojka) 50 foizga qisqartirilishi mumkin.

UzAuto Motors’ni nazorat qiluvchi “O‘zavtosanoat” hukumatga xorijiy avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini keskin 50 foizgacha kamaytirishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto kompaniyasi mijozlarga Spark, Neksiya 3, Kobalt, Jentra avtomobillarini yetkazib berishda katta muammolarga duch kelmoqda.

@engyokibirinchi | #UzAM
7.6K views14:02
Ochish/sharhlash
2022-02-01 17:33:28
Dunyodagi eng mashhur bosqinchilardan biri.

“Timur Tamerlan – dunyodagi eng mashhur bosqinchilardan biri bo‘lib, u haqidagi barcha hikoyalar qonli daryolar bilan tugaydi. Uning qo‘lidan 17 milliondan ortiq odam halok bo‘lgan, XIV asrga kelib u yer yuzidagi barcha aholining 5 foizini qirib tashladi. U “o‘lim otasi” sifatida ham tanilgan. Dafn etilganida qabr toshiga la’nat o‘yib yozilgan. “Kim mening qabrimni ochishga jur’at etsa, uning boshiga mendan ham qattol bosqinchi tushadi”. 

Ushbu so'zlar joriy yilning 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish boshqarmasining rasmiy sahifasida xorijiy videoblogerlar tomonidan “Indiana Jons O‘zbekistonda” nomi bilan suratga olingan qisqametrajli filmida e’lon qilingan. Amir Temurning bunday salbiy qahramon sifatida ta’riflanishi o‘zbek ziyolilari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

@engyokibirinchi | #Uzbekiston
4.1K views14:33
Ochish/sharhlash
2022-01-31 21:11:16
Sizning vaqtingiz qaysi tarmoqda ko'proq o'tmoqda? Izohlarda aniq ko'rsating!
Anonymous Poll
69%
Telegram
18%
Instagram
4%
Tik Tok
9%
You Tube
2.0K voters2.8K views18:11
Ochish/sharhlash
2022-01-31 20:57:40
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi?

O‘zbekistonda Telegram eng ko‘p foydalanuvchiga ega ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Bugungi kunda undan 20 mlnga yaqin odam foydalanadi. Bu haqda bugun, 31 yanvar kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda Facebook’da 4,7 mln, Instagram’da 3,7 mln, Linkedln’da 288 ming, Telegram’da 18 mln, Odnoklassniki’da 16,7 mln, Twitter’da 51,6 ming va Vkontakteda 2,6 mln foydalanuvchi mavjud. Ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qilmoqda.

Sizning vaqtingiz ko'proq qaysi tarmoqda o'tadi?

@engyokibirinchi | #Uzbekiston
3.0K viewsedited  17:57
Ochish/sharhlash
2022-01-30 18:16:16
Jahonning eng qimmat superkari.

XXI asrda odamzodni superkar bilan hayron qoldirish qiyin. Biroq shunday mashinalar bor-ki shunchalik qimmatligidan, ularni ishlab chiqarish sanoat “ega”lariga ham ogʻirliq qiladi shu sabab modellarning aksariyati juda ham kam nusxada ishlab chiqariladi.

Rolls-Royce Boat Tail dunyodagi eng qimmat avtomobil hisoblanadi. Britaniyaliklar ushbu avtomobil narxini hech qachon rasman eʼlon qilmagan, ammo 2021 yilning bahorida taqdim etilgan kabriolet uchun maʼlum bir “global muvaffaqiyatga erishgan juftlik” kamida 28 million dollar toʻlagan deb taxmin qilinadi.

Sizga qaysi superkar yoqadi?

@engyokibirinchi | #narx
4.0K views15:16
Ochish/sharhlash
2022-01-30 07:42:15
Bugun O‘zbekiston Respublikasining 1-prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni.

Islom Abdugʻaniyevich Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Oʻzbekistonning Samarqand viloyatida tugʻilgan. Islom Karimov 1991-yil 31-avgust kuni Oʻzbekistonni mustaqil davlat deb eʼlon qilgan. 1991-yilning 29-dekabrida birinchi prezidentlik saylovda gʻalaba qozonadi.

U 87.1% ovoz toʻplab, saylovdagi raqibi Muhammad Solih ustidan gʻalaba qozonadi. Islom Karimov 2016-yilning 2-sentyabrida 78 yoshida vafot etadi. U Tatyana Karimovaning umr yoʻldoshi, 3 farzandning otasi va 6 nabiraning bobosi hisoblanar edi. Xozir xayot bo‘lganlarida 84 yoshni qarshi olardilar, Oxiratlari obod bo‘lsin

@engyokibirinchi | #uzbekiston
6.9K views04:42
Ochish/sharhlash
2022-01-29 19:28:08
115'000dan ortiq elektron va audio kitoblar jamlangan bot

Kitob, maqola, audio kitob yoki ma'lumot nomini yozsangiz bo'ldi. Bot sizga qidirish uchun 3ta platforma taqdim etadi: ziyonet, audiokutubxona, bot kitob ombori. Shulardan birini tanlab ma'lumotingizni osongina topishingiz mumkin.

Botga kirish: @ZiyoNetBot
3.6K views16:28
Ochish/sharhlash