Get Mystery Box with random crypto!

“Space X” kompaniyasi kosmik sayyohlarni ilk bor ochiq kosmosg | Eng Yoki Birinchi

“Space X” kompaniyasi kosmik sayyohlarni ilk bor ochiq kosmosga chiqaradi.

Milliarder Jared Ayzekman Ilon Maskka tegishli boʻlgan “Space X” kompaniyasi bilan birgalikda tijoriy kosmik dasturni amalga oshirishi haqida maʼlum qildi. Ushbu dastur uchta missiya oʻz ichiga oladi. “Polaris Dawn” deb nom olgan birinchi missiyada “Falcon 9” raketa tashuvchisi Yer orbitasiga bortida professionallardan iborat ekipaj boʻlgan “Crew Dragon” kemasini olib chiqadi.

Kosmonavtlar Yer orbitasida 5 kun vaqt oʻtkazadilar va ochiq kosmosga chiqishadi. “Polaris Dawn” missiyasi 2022 yil oxirlariga rejalashtirilgan, aniq sana hozircha maʼlum emas. Ikkinchi missiya parvozi ham “Crew Dragon” va “Falcon 9” yordamida amalga oshiriladi, uchinchi missiya ishtirokchilari esa kosmosga “Starship” raketasida koʻtariladilar.

@engyokibirinchi | #Koinot