Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-01-29 17:00:28
O'zbekistonning 6 kunlik Prezidenti kim ?

Siz Buni Bilasizmi ?
Unda Bilib Oling!
4.8K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-01-29 11:32:43
Sayyoramizdagi eng go'zal masjidlardan biri.

Shayx Zayd masjidi bir necha yil oldin, 2007 yilda qurilganiga qaramay, sayyoramizdagi eng go'zal masjidlardan biri sifatida tan olindi, boshqa ibodatxonalaridan farqli o'laroq, bu inshoot ko'proq hashamatli saroyga o'xshaydi, bu haqiqiy san'at asaridir. Bu masjid qurilishida birinchi marta islom madaniyati anʼanalari, butun dunyo madaniy yoʻnalishlari bilan uygʻunlashgani holda bunyod qilingan.

Masjid nomi ushbu loyiha tashabbuskori BAAning birinchi prezidenti, o‘z mamlakati tarixida muhim rol o‘ynagan shaxs Shayx Zayd Bin Sulton Ol Nahayon sharfiga qo'yilgan. U oltita mustaqil knyazlikni birlashtirib, BAA federatsiyasini tashkil etishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so'ng u Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan va neft uchun to'plangan pullar yordamida mamlakatdan boy va farovon davlat qurishga muvaffaq bo'lgan.

Ps: ikkinchi rasmga har doimgidek e'tibor bermaymiz.

@engyokibirinchi | Instagram
6.0K views08:32
Ochish/sharhlash
2022-01-28 18:05:08
Ronaldu sevgilisini Burj Halifa orqali tabrikladi.

Kecha Krishtianu Ronaldu sevgilisining tug‘ilgan kuni uchun Burj Xalifani ijaraga oldi. Sevgilisi Jorjina Rodrigesni tug’ilgan kunini Dubaida oilasi bilan birgalikda nishonladi. U sevgilisini dunyodagi eng katta bino Burj Halifaning tashqi monitorida ajoyib tarzda tabrikladi.

Futbolchining aytishicha bunday tabrik uchun u sal kam $67 000 sarflagan. Ma’lumot o’rnida, Jorjina 1994-yili 27-yanvarda Ispaniyaning Jaka shahrida dunyoga kelgan. Ronaldu bilan esa Madriddagi “Gucci” do’konida sotuvchi bo’lib yurgan paytida tanishib qolgan.

@EngYokiBirinchi | #Ronaldu
4.3K views15:05
Ochish/sharhlash
2022-01-28 08:21:21 Internetda nima gap
6.2K views05:21
Ochish/sharhlash
2022-01-26 15:06:44
Elektr energiyasi tizimidagi eng yirik uzilishlar.

25 yanvar kuni Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida yirik avariya tufayli O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida chiroq o‘chdi. Yuz bergan ushbu halokat masshtabi bo‘yicha dunyo elektr energiyasi tarixida eng yirigi emas. Bunday blackout’lar AQSHda, Hindistonda, Pokistonda kuzatilgan.

2012 yil 30—31 iyul kunlari Hindistonning 20 ta shtatida dunyodagi eng yirik elektr ta’minotidagi uzilishlardan biri sodir bo'ldi, 650 millionga yaqin aholi qariyb 8 soat davomida zimistonda qoldi. Kasalxonalar va maktablar elektr ta’minotisiz qoldi, 500 dan ortiq poyezdlar harakati to‘xtatildi. Mamlakatdagi energiya inqirozi shimoliy to‘rtta – Rajastxan, Haryana, Panjob va Uttar-Pradesh shtatlarining elektr energiya iste’moli me’yoridan oshib ketganidan keyin boshlangan.

@Engyokibirinchi | #Fakt
4.8K views12:06
Ochish/sharhlash
2022-01-25 18:00:29
Siz yashayotgan hududda elektr energiya bilan muammo tuzatildimi?
Anonymous Poll
56%
Ha tuzatildi
44%
Yo'q tuzatilmadi
2.2K voters3.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-01-25 11:23:31
Tarixda bunaqasi bo‘lmagan.

Xozirda siz va biz tarixiy voqealar guvohi bo‘lmoqdamiz! O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘istonda bir vaqtda elektr uzilib qoldi. Qariyb ikki soatdan beri katta shaharlar, poytaxt va tumanlarning 50 mlndan ortiq aholisi elektr energiyasiz qolmoqda edi.

Vanihoyat elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Hududlarda elektr ta’minoti tiklanmoqda Respublikamizning barcha hududlarida elektr ta’minoti bir, ikki soatlarda tiklanadi.

@engyokibirinchi | #Uzbekiston
6.1K views08:23
Ochish/sharhlash
2022-01-25 11:01:16
Ayni paytda O'zbekistondagi eng baxtli odamlar. Kimda shunaqa?

O‘zbekistonda mobil aloqalarda uzilishlar boshlandi. Beeline va Ucell'da hozircha antenalar yo‘qolmoqda.

Agar siz bu xabarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak siz bilan xozircha aloqa bor.

Gruppalarga tashab qo‘yamiz


@engyokibirinchi | #Uzbekiston
5.8K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-01-25 10:53:50
O’zbekiston elektrsiz qoldi.

Toshkent shahri va O‘zbekistonning qator hududlari bir vaqtning o‘zida elektr energiyasiz qoldi. "Ko‘plab hududlarda elektr energiyasi tizimida kuzatilgan uzilishlar bois isitish, oqova va ichimlik suv tarmoqlarida ham uzilishlar kuzatilishidan ogohlantiramiz”, – deya aholiga murojaat qildi Kommunal xizmatlar vazirligi.

Toshkent shahar IIBB ko‘chaga zarurat bo‘lmasa shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qildi. Toshkent xalqaro aeroporti aviareyslarni qabul qilishni to’xtatdi. Tez orada mobil aloqada ham uzilishlar boshlanishi mumkin. Uyali aloqa kompaniyalarning bazaviy stansiyalari svet o‘chganda, dizel generatori bilan ishlaydi. Dizel yoqilg‘isi 2 soatlarga yetadi xolos.

@engyokibirinchi | #Uzbekiston
5.3K viewsedited  07:53
Ochish/sharhlash
2022-01-23 18:11:45
UPLIFT — Moliyaviy va shaxsiy rivojlanishda yanada yuqori pog'onaga ko'tariling!

O'zbek tilida chet el aksiya bozori haqida professional ma'lumot beruvchi, halol investitsiyani o'rgatuvchi va moliyaviy savodxonlikni oshiruvchi sayt — UPLIFT.UZ Saytning telegramdagi kanaliga hoziroq obuna bo'ling va moliyaviy, shaxsiy rivojlanishda yanada yuqori pog'onaga ko'tariling!

@UPLIFTUZ | OBUNA BO'LING
3.1K views15:11
Ochish/sharhlash