Get Mystery Box with random crypto!

Ilon Mask o‘zini dunyodagi eng badavlat odam deb bilmasligini | Eng Yoki Birinchi

Ilon Mask o‘zini dunyodagi eng badavlat odam deb bilmasligini aytdi.

Tesla” rahbari Ilon Mask dunyodagi eng badavlat odam deya rasman tan olindi. Uning bugungi kundagi boyligi 219 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Shunga qaramasdan, Ilon Mask oʻzini dunyodagi eng boy odam deya hisoblamaydi. Tadbirkorning oʻylashicha, dunyoda undan ham boyroq boʻlgan boshqa bir odam bor.

Ilon Mask germaniyalik jurnalist Matias Dyopfnerning shuncha boylikka ega odam sifatida oʻzini qanday his qilishi haqidagi savoliga kutilmagan javob qaytardi: “Oʻylashimcha, Putin mendan anchagina boyroq”. Ilon Maskning umumiy boyligi yil davomida 68 milliard AQSh dollariga oshgan.

@engyokibirinchi | Instagram