Get Mystery Box with random crypto!

Salomatlik uchun eng foydali usul. Har doim ham kuchli va qat | Eng Yoki Birinchi

Salomatlik uchun eng foydali usul.

Har doim ham kuchli va qatʼiyatli boʻlishga majbur emassiz! Vaqti-vaqti bilan koʻngilni boʻshatib, yigʻlab olishning foydasi juda koʻp. Yigʻi stressga qarshi kurashda yordam beradi. Yengillik hissini paydo qiladi. Bosh ogʻrigʻidan xalos etadi. Organizmda endorfin gormoni ishlab chiqariladi va kayfiyat yaxshilanadi.

Bundan tashqari qon bosimi meʼyoriy holatga keladi. Yigʻlaganda ko'zlar namlanishi hisobiga koʻrish qobiliyati yaxshilanadi. Olimlarning aytishlaricha, ayollar uchun bir oyda oʻrtacha 5,3 marta, erkaklar uchun esa 1,3 marta yigʻi bilan koʻngilni boʻshatib olish meʼyoriy holat hisoblanadi.

@engyokibirinchi | Instagram