Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 4

2023-08-03 13:31:12
#Аnons
#Ikkinchi_ustozlar_forumi

Aziz ustozlar!

Sohangizda yangi marralarni egallashingiz uchun ajoyib imkoniyat!

Joriy yilning 8-9-avgust kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda "Ikkinchi ustozlar forumi" tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad:

o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda
yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat.

Bu hali hammasi emas! Tez orada forum sizning maktabingizga qadar yetib boradi:

15-17- avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda,

22-24 avgust kunlari tuman va shaharlarda,

28-29 avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

Ta’lim sohasining rivojiga birgalikda hissa qo‘shaylik!

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
15.3K views10:31
Ochish/sharhlash
2023-07-31 08:44:03 O'zbekiston Barkamollik uchun ta'lim dasturi texnik ekspertlari, Xalqaro mutaxassislardan taqdimot

Syuzan Ianuzzi — Cambridge University Press hamda Oxford University Press nashriyoti muallifi, ona tili va o'qish savodxonligi fani bo'yicha xalqaro ekspert.
Mavzu: Ta’lim standartlari va o‘quv materiallarini tayyorlash jarayonlari
YouTubeda tomosha qilish uchun havola:



Romin Yazdonpanoh — Madaniyatlararo muloqot bo‘yicha tadqiqotchi, O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturida texnik ekspert.
Mavzu: Formativ va summativ baholashga asoslangan holda standartlar yaratish
YouTubeda tomosha qilish uchun havola:



Liza Horvard — Mustaqil taʼlim boʻyicha maslahatchi, ingliz tili boʻyicha materiallar muallifi, O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturida texnik ekspert.
Mavzu: Ijtimoiy emotsional ta’lim
YouTubeda tomosha qilish uchun havola:



Flavia Mavis Matus — Mustaqil taʼlim boʻyicha maslahatchi va ingliz tili boʻyicha materiallar muallifi, O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturida texnik ekspert.
Mavzu: Ingliz tilini xorijiy tili sifatida oʻqitishni yaxshilash
YouTubeda tomosha qilish uchun havola:



Dina Vertkina — Mustaqil taʼlim boʻyicha maslahatchi va ingliz tili boʻyicha materiallar muallifi, O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturida texnik ekspert.
Mavzu: Ta’lim barqarorligi, Ta'lim dasturlarining hayot sikli
YouTubeda tomosha qilish uchun havola:



Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
20.1K views05:44
Ochish/sharhlash
2023-07-21 09:32:48
#Oquvchilar_uchun
Biznesingiz bormi?

Katta orzularni amalga oshirish uchun katta boʻlishni kutish shart emas. Qadrli oʻquvchilar, Siz qanday fikrdasiz?

“Hammasi haqida” loyihasining navbatdagi sonini tomosha qilib, izohlarda oʻz fikr -mulohazalaringiz bilan oʻrtoqlashing. Siz qaysi biznesni boshlagan boʻlardingiz?

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
7.1K views06:32
Ochish/sharhlash
2023-07-20 11:46:40
Matematikani oson oʻzlashtirishga yordam beradigan mashhur nazariyalar

Dienes nazariyasi rasmiy yondashuvlarga emas bolalarni oʻzlari yechim kashf qilishiga undaydi.

Bruner nazariyasi mavhum konsepsiyani oʻrganish uchun aniq materiallardan foydalanishga asoslangan.

Videoda shu kabi boshqa nazariyalar haqida ham ma'lumot olishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
9.0K views08:46
Ochish/sharhlash
2023-07-17 08:03:34
Chap qo'lda yozadiganlar "chapaqay ", o'ng qo'lni ishlatuvchilar "o'naqay", ikki qo'lda yozuvchilar esa qanday nomlanishini bilasizmi?

Zulfiya Rashidovaning navbatdagi videosi orqali yana bir qiziqarli ma'lumotni bilib olamiz.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
14.5K views05:03
Ochish/sharhlash
2023-07-13 15:40:39
#ustozlar_uchun
Qanday qilib qiziqarli dars tashkil etish mumkin?

Zerikishning oldini olishning eng oddiy va samarali usullaridan biri bu-oʻzingiz qilayotgan ishdan zavqlanishdir.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, agar siz oʻquvchilaringizga yaxshi kayfiyat bagʻishlasangiz, ular ham koʻproq narsani oʻrganishadi.

Hurmatli oʻqituvchilar, hafta boshidan Sizga yaxshi kayfiyat hamrohligini tilaymiz!

Batafsil maqola bilan tanishish

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
25.3K views12:40
Ochish/sharhlash
2023-07-11 08:02:49
#metodist
"Bejiz" mi yoki "bejizga"
"Bag'oyatda" mi yoki "bag'oyat" Siz bu so'zlarni qanday ishlatasiz?

"Yomonlamoq" so'zining antonimi "yaxshilamoq"mi?

Ona tili va adabiyot o'qituvchisi Zulfiya Rashidovaning navbatdagi videosi orqali nutqimizda bor, ammo adabiy tilda yo'q bo'lgan so'zlar haqida bilib olamiz.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
32.9K viewsedited  05:02
Ochish/sharhlash
2023-07-10 11:00:38
#metodist #jalinga
Humanoid, harbiy, meditsina, fermer va sanoat robotlari haqida bilasizmi?

"Texnologiya fani darsida robototexnika" mavzusidagi videodars orqali yaqin kelajakda  bolalarni ta'lim olishi uchun keng imkoniyatlari eshigini ochuvchi robototexnika sohasi va uning foydalari haqida batafsil bilib olasiz.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
13.1K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2023-07-07 13:02:49 ​​#Ota_onalar_uchun
Qanday qilib bolalarda o'ziga bo'lgan yuqori ishonchni shakllantirish mumkin?

Ota-onalikning dastlabki yillarida, ayniqsa, siz ishlaydigan ota-ona bo'lsangiz, farzandingiz bilan birga vaqt o'tkazish masalasida eng maqbul yechimni topishga qiynalishingiz mumkin. Ko'z ochib yumguncha bolangiz emaklashni, keyin yurishni va gapirishni boshlaydi. Shunda u nima uchun ishga ketayotganingizda uni tashlab ketishingiz kerakligini bilishni talab qiladi.

Har kunlik o'tish lahzalari, masalan, siz bilan xayrlashish, bog'chaga moslashish, tush paytidagi uyqudan sizning quchog'ingizda emas, bog'chada uyg'onish kabi vaziyatlar ular uchun stressli o'tishi va bolangizda o'ziga nisbatan ishonchsizlikni shakllantirishi mumkin.

Har bir ota-ona ish jadvali qanday bo'lishidan qat'iy nazar, farzandi o'ziga yuqori ishonch bilan voyaga yetishini xohlaydi. Ammo buni qanday amalga oshirish mumkin?

Bunga yechim sifatida mutaxassislar takrorlar va marosimlarni ko'rsatishadi.

Bolalar uchun yaratilgan film, multfilm, roliklar yoki kitoblarga e'tibor bersangiz, ularning boshlanish, tugash, qismdan-qismga o'tish paytida takrorlanadigan qandaydir bir jumla, qiziqarli kadr borligini ko'rishingiz mumkin. Bu siz uchun biroz zerikarli bo'lsa-da, bolalarni materialga jalb qiladigan narsa aynan shu takrorlar bo'lishi mumkin.
Bolalar bilan munosabatda mana shunday takrorlardan foydalanish, birgalikda qandaydir kichik marosimlar o'tkazish ularda o'z-o'ziga ishonchni kuchaytiradi.
- Har kuni bog'chaga ketishda yoki qaytishda bitta sevimli qo'shiqni kuylash;
- Ishdan qaytganingizda biror harakatni birgalikda bajarish;
- Ovqat oldidan qandaydir jumlalarni birgalikda takrorlash sizdan kam vaqt olsa-da, bu anchayin foydali bo'ladi.

Uydagi kichik ishlarni bajarish ham bolada o'ziga ishonch uyg'otadi. Bolalar kir kiyimlarini kir yuvish savatiga tashlab kela oladi, o'yinchoqlarni tartibga sola oladi, tushlik paytida stolga pechenilarni olib kela oladi yoki oshxona stolini arta oladi. Farzandingizdan mana shu ishlarni bajarishini so'rang. Shunda uning o'zini o'zi qadrlash tuyg'usini kuchaytirish barobarida, qo'shimcha "men nima bo'lishini, nima qilish kerakligini bilaman" degan hisni uyg'otasiz. Siz uchun arzimas bo'lgan biror ishni bolaga ishonib topshirishingiz, u uchun katta yutuq bo'lishi mumkin. Bu ularni keyinchalik katta vazifalarni o'z zimmalariga olishlari uchun tayyorlov vazifasini o'taydi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
18.0K views10:02
Ochish/sharhlash
2023-07-05 14:12:09
#metodist
Ona tili va adabiyot o'qituvchisi Zulfiya Rashidova "Eng ko'p uchraydigan imloviy xatolar 10 taligi" haqidagi videodarsni tayyorlashga nima sabab bo'lgani haqida hikoya qiladi. Mavzuni o'rganishdan avval keling, o'qituvchining hikoyasiga quloq solamiz:

"Bu videoni yuzaga kelishiga bir o'quvchimning telegram ijtimoiy tarmog'i orqali yozgan xabari sabab bo'ldi. Ya'ni u xabar so'ngida "hayolimga kelmabdi" degan jumlani yozdi.

Men unga "xayol" degan so'zni noto'g'ri yozganini aytdim. Keyin u "ho'p" deb to'g'riladi. Men "xo'p" degan so'zni to'g'riladim. Keyin u "uzir" so'radi, "uzr"ni to'g'riladim.

Keyin "raxmat" dedi, keyin "hayr" dedi. Xullas, har bir so'zni ketma- ket imloviy xatolarni to'g'rilayverdim, to'g'rilayverdim. Oxir-oqibat u menga xabar yozganidan pushaymon bo'ldi".

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
44.7K viewsedited  11:12
Ochish/sharhlash