Get Mystery Box with random crypto!

#metodist Ona tili va adabiyot o'qituvchisi Zulfiya Rashidova | IT taʼlim

#metodist
Ona tili va adabiyot o'qituvchisi Zulfiya Rashidova "Eng ko'p uchraydigan imloviy xatolar 10 taligi" haqidagi videodarsni tayyorlashga nima sabab bo'lgani haqida hikoya qiladi. Mavzuni o'rganishdan avval keling, o'qituvchining hikoyasiga quloq solamiz:

"Bu videoni yuzaga kelishiga bir o'quvchimning telegram ijtimoiy tarmog'i orqali yozgan xabari sabab bo'ldi. Ya'ni u xabar so'ngida "hayolimga kelmabdi" degan jumlani yozdi.

Men unga "xayol" degan so'zni noto'g'ri yozganini aytdim. Keyin u "ho'p" deb to'g'riladi. Men "xo'p" degan so'zni to'g'riladim. Keyin u "uzir" so'radi, "uzr"ni to'g'riladim.

Keyin "raxmat" dedi, keyin "hayr" dedi. Xullas, har bir so'zni ketma- ket imloviy xatolarni to'g'rilayverdim, to'g'rilayverdim. Oxir-oqibat u menga xabar yozganidan pushaymon bo'ldi".

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter