Get Mystery Box with random crypto!

#Аnons #Ikkinchi_ustozlar_forumi Aziz ustozlar! Sohangizd | IT taʼlim

#Аnons
#Ikkinchi_ustozlar_forumi

Aziz ustozlar!

Sohangizda yangi marralarni egallashingiz uchun ajoyib imkoniyat!

Joriy yilning 8-9-avgust kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda "Ikkinchi ustozlar forumi" tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad:

o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda
yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat.

Bu hali hammasi emas! Tez orada forum sizning maktabingizga qadar yetib boradi:

15-17- avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda,

22-24 avgust kunlari tuman va shaharlarda,

28-29 avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

Ta’lim sohasining rivojiga birgalikda hissa qo‘shaylik!

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter