Get Mystery Box with random crypto!

​​#Shaxsiyatlar Malcolm X qamoqda o‘tirganda o‘qishga qattiq | Elektron kutubxona

​​#Shaxsiyatlar

Malcolm X qamoqda o‘tirganda o‘qishga qattiq beriladi. Qamoqning hatto universitetlar  havasi keladigan  boy kutubxonasidagi kitoblarni  birvoshdan  "yeb chiqadi". Tarix,  falsafa, huquq, adabiyot, siyosatshunoslik, psixologiya sohalarida ko‘p o‘qiydi. Hatto qalin lug‘atlarni yodlab tashlaydi. Kuniga 15 soatlab o‘qiydi. 
Uning hayotini va faoliyatini yaqindan o‘rgangan kishilar fikricha u mavjud tuzum uchun katta xavfga aylanadi.  Uning nutqidagi mantiqiy izchillik,  kuchli joziba, hujjatining quvvati tinglovchilarni o‘ziga rom etadi.
Undagi shijoat, axloqiy halollik,  kurashuvchanlik mazlumlarga ilhom bag‘ishlaydi. Undagi betakror xislatlardan biri kelajakni tasavvur qila olish, boradigan manzilini aniq bilish ----  VISION --- edi. Liderlar uchun eng muhim xislat ham shu aslida.  Menejerlar shunchaki boshqaradi,  liderlar esa ortidan ergashtiradi.
Afsuski, hozirgacha Malcolm X darajasida xarizmatik, aniq nigoh bilan kelajak sari yetaklay oladigan musulmon lider chiqmadi. Uning hayotida biz uchun ko‘p saboq va ibratlar bor.
"Agar oqtanlilar bilan kurashish bo‘lmaganda, ertayu kech kitoblarga sho‘ng‘ib yashar edim".

- Fayziddin Mo‘min

@e_kutubxona