Get Mystery Box with random crypto!

​​Toshkentda milliy axborot-kutubxona haftaligi va xalqaro kit | Elektron kutubxona

​​Toshkentda milliy axborot-kutubxona haftaligi va xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi

31-oktabr – 4-noyabr kunlari  Toshkentda «INFOLIB – 2022» XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va «Tashkent Book Fest» III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maʼlumotiga ko‘ra,  «Kitobsevar millat» shiori ostida  o‘tkazilayotgan mazkur haftalik Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot-kutubxona markazlarida bo‘lib o‘tadi.

Haftalik doirasida, shuningdek, 2-4 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “OʼZEKSPOMARKAZ” majmuasida «Tashkent Book Fest—2022» III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etiladi.
Unda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbirlar, xorijiy va mahalliy kitob mahsulotlari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimoti, yozuvchi, shoirlar hamda soha mutaxassislari bilan tashkil etiladigan davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.  

@e_kutubxona