Get Mystery Box with random crypto!

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning oltinchi kuni ya | Milliy sertifikat

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning oltinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 13-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish bir smenada tashkil etildi.

Bir smenada jami 147 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 40 nafari jarayonda ishtirok etdi, 107 nafari ishtirok etmadi.

Apellatsiya shikoyatlarini qabul qilish 14-sentabrga qadar davom etadi va shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayoni 17-sentabr kuni davom ettiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube