Get Mystery Box with random crypto!

​​ 10-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni | Milliy sertifikat

​​ 10-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

2021-yil 28-oktabr kuni noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Noyabr oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 10-noyabr (chorshanba) kuni 18:00 ga qadar davom etadi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar mazkur muddat davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, talabgorlar 10-noyabr kuni 18:00 ga qadar Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishlari lozim.

Test sinovlari 23-noyabr kunidan boshlab, ingliz, nemis va fransuz tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube