Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar oyligi doirasida, yoshlar kuni arafasida men Respubli | Isroil Tillaboyev blogi

Yoshlar oyligi doirasida, yoshlar kuni arafasida men Respublikamizning bir biridan iqtidorli, talantli yoshlari bilan uchrashib, suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘ldim. Bularni ko‘rib o‘zimga juda katta kuch motivatsiya oldim, bularning bilimiga, erishayotgan natijalariga havas qildim.

Ushbu surat men uchun noyob surat bo‘lib, unda O‘zbekistonning eng iqtidorli yoshlaridan bir guruhi jam bo‘lgan, desam adashmayman.

Bular kuni kecha tanishganingiz poliglot qiz Zebinisobegim, Amerikada tahsil olayotgan Shahzoda, Ibrat kamp loyihasi menedjeri Sirojiddin, Kubik-rubik terish bo‘yicha 11 karra O‘zbekiston rekordchisi (6 sekund) Umidjon, yoshlarimizni dunyoning TOP o‘qishiga tayyorlab, hozirda 100 dan oshig‘ini kiritgan, xattoki Dunyoning eng kuchli Yel universiteti, Stenford universitetiga hamda Garvard universitetiga O‘zbekistonlik yoshlarni kirita olgan, Agentligimizning "Ibrat kamp"ida trenerlik qilayotgan "Freshman akademy" rahbari Valera (o‘ng qo‘l tarafimdagi yigitimiz) va yana bir qiz ham borki ushbu qiz mening yonimda turgan noyob iqtidor, Valeraning tayyorlashi bilan juda katta natijaga eriahgan mashhur qizimiz. Ushbu qizimiz dunyoning 1-raqamli oliy dargohi Garvardga 100% lik grant yutgan, yaqin orada Garvardda o‘qish uchun jo‘nab ketayotgan Go‘zal Haydarova!

Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova ham bu yoshlarimiz bilan zavqlanib suhbatlashdi.
Ushbu yoshlarimizdek yoshlar davlatimizning oltin hazinasi, rivojlanishimiz lokomatividir, bular bilan tanishganimdan juda baxtliman.

@domlajon
t.me/domlajon