Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston shifokorlari

Telegram kanalining logotibi doctors_uzbekistan — O'zbekiston shifokorlari O
Telegram kanalining logotibi doctors_uzbekistan — O'zbekiston shifokorlari
Kanal manzili: @doctors_uzbekistan
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 709

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-12-26 17:14:28
Qashqadaryodagi shifoxonada portlash sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida ikki kishi tan jarohatlari olgan. Shifoxonaning ikkinchi qavati mutlaqo yaroqsiz holga kelgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida joylashgan salomatlikni tiklash shifoxonasida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holatni tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 24 dekabr kuni tongda Qarshi shahar “Ravoq” mahallasida joylashgan viloyat SSVga qarashli shifoxonaning ikkinchi qavatidagi xonalardan birida gaz bosimi ortib ketgan va portlash sodir bo‘lgan.

Batafsil

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
324 views14:14
Ochish/sharhlash
2022-12-26 09:39:00
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tez yordam mashinasi avtohalokatga uchradi

1963 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi "Ford" rusumli tez yordam transport vositasi va 1994 yilda tug‘ilgan L.Sh. boshqaruvidagi "Tracker" rusumli transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

— 25 dekabr kuni tungi navbatchilik vaqtida Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali 6-bo‘lim 900-mashina haydovchisi N.A. va shifokor S.M. Yunusobod tumanida yashovchi 3,5 yoshli bemorni "O‘tkir bronxit" tashxisi bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borgan, — deydi filial direktori I.Aslonov. — Tibbiy guruh bemorni shifoxonaga yotqizib, soat 02:30 larda ortga qaytib kelayotganda Sebzor mavzesi chorrahasiga yetmasdan "Tracker" mashinasiga urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

SSV Matbuot xizmati.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
388 views06:39
Ochish/sharhlash
2022-12-25 09:48:53 ​​Nikita Makarenko Samarqandda bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘talga qarshi siroplar yuzasidan JSST oktyabr oyida ogohlantirish bergani haqida yozdi

Samarqandda «Dok-1 Maks» dorisidan bolalarning ommaviy o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar berilgandi. Jurnalist Nikita Makarenko holat yuzasidan fikr bildirib, oktyabr oyida JSST Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘talga qarshi siroplardan bolalar o‘limi qayd etilganini e’lon qilgan bo‘lsa-da, nega O‘zbekistonda bu jarayonga befarqlik bilan qaralgani haqida savol qoldirdi.

Samarqand viloyatida 15 nafar bola Hindistonning Quramax Medical kompaniyasining «Dok-1 Maks» siropidan foydalanib, vafot etdi.
Lekin bizning Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligimiz ham, Sog‘liqni saqlash vazirligi ham O‘zbekiston xalqini ogohlantirishni zarur deb bilmadi.

Vaholanki, 5 oktyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy bayonotida Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘talga qarshi siroplardan bolalar o‘limi holatlari qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. JSST barcha mamlakatlarni bunday dorilarni tekshirishga va ulardan foydalanishni to‘xtatishga chaqirgan. Nega O‘zbekistonda sohaga mas’ullarning hech biri bu bo‘yicha bong urmadi? — deb yozgan jurnalist.

O‘z navbatida, ushbu murojaat bo‘yicha Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Chindan ham, oktyabr oyi avvalida JSST tomonidan tibbiy mahsulotlar qalbakilashtirilgani haqida 6/2022-sonli ogohlantirish e’lon qilingandi. Unda Maiden Pharmaceuticals Limited (Xaryana, Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 4 ta preparat: Promethazine Oral Solution (prometazin, peroral ertimasi), Kofexmalin Baby Cough Syrup («Kofeksmalin» yo‘talga qarshi bolalar siropi), Makoff Baby Cough Syrup («Makoff» yo‘talga qarshi bolalar siropi) hamda Magrip N Cold Syrup («Magrip N» shamollashga qarshi siropi) haqida so‘z borgandi.
Ogohlantirish e’lon qilingan zahoti agentlik huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK farmakologik nazorat bo‘limi mutaxassislari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari reyestrini mazkur ishlab chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan har qanday turdagi dori vositalari borligi jihatidan o‘rganib chiqdi. Tekshiruv preparatlar nomi emas, aynan ishlab chiqaruvchi kompaniya nomi asosida olib borildi. Chunki mazkur dori vositalarining O‘zbekistonga kirib kelgan nomi va qadog‘i ogohlantirishdagidan farq qilishi mumkin edi.

Tekshiruvlar natijasida JSST ogohlantirishida xabar qilingan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi Maiden Pharmaceuticals Limited (Xaryana, Hindiston) kompaniyasining biror mahsuloti ayni damda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagani ma’lum bo‘ldi.

Boshqacha qilib aytganda, «Effekt Makarenko» Telegram kanalida so‘z borgan JSST ogohlantirishi agentlik xodimlari tomonidan o‘z vaqtida o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilgan, — deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, agentlik o‘z faoliyatini JSST hamda farmasevtika sohasiga aloqador bo‘lgan xalqaro tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikda olib boradi. Farmakologik nazorat bo‘limi JSST xabarlari hamda AQSH, YeI, Buyuk Britaniya, Avstraliya va YeOII davlatlari tartibga soluvchi organlari saytlarini muntazam ravishda o‘rganib boradi. Xususan, JSSTning har bir tavsiyasiga o‘z vaqtida tegishli munosabat bildiriladi. Zarurat tug‘ilganda, agentlik Sog‘liqni saqlash vazirligi, tartibga soluvchi organlar, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar hamda iste’molchilarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi.

Shu bilan birga, agentlik tomonidan tartibga soluvchi organlar vakillari, shifokorlar, farmasevt va boshqa mutaxassislar uchun mahalliy hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan farmasevtika mahsulotlari yuzasidan seminar-trening va konsultasiyalar muntazam o‘tkazib kelinadi.

Manba: daryo.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
757 views06:48
Ochish/sharhlash
2022-12-25 09:36:45
Professor Zarifboy Ibodullayev:
«Tizimda juda katta korrupsion sxema avj olib ketgan».

Samarqandda, 15 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 MAKS” dori vositalari, jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Manba: platina

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
762 views06:36
Ochish/sharhlash
2022-12-23 20:22:08
“Dok-1 MAKS”ni ichgan bolalar gospitalizasiyasi davom etmoqda. Bu holat RSHTYOIMda ham kuzatilgan

Bugun, 23 dekabr kuni Samarqand viloyat bolalar shifoxonasiga “Dok-1 MAKS” preparatini ichganidan keyin ahvoli og‘irlashgan navbatdagi bola yotqizildi, u ayni paytda reanimasiyada. 20 dekabr kuni RSHTYOIM ham SSVga shu dori masalasida xat chiqargan. Kun.uz muxbiri Samarqanddagi bolalar shifoxonasida bo‘lib, shifokor va bemor bolaning onasi bilan suhbatlashdi.

Manba: kun.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
910 viewsedited  17:22
Ochish/sharhlash
2022-12-23 17:04:38 Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi

TTB boshlig‘i fuqaroni ishga qabul qilish uchun katta hamshira orqali 500 dollar pora olgan.
Qarshi tuman tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora olayotganda ushlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.Q.ning arizasi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M.M. birlashmada katta hamshira lavozimida ishlovchi S.A. orqali fuqaro S.Q.ni ishga qabul qilish evaziga 500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: kun.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
731 views14:04
Ochish/sharhlash
2022-12-23 11:27:14 JSST odam papilloma virusiga qarshi emlanish bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi

Odam papilloma virusining 200 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, shundan 13 tasi onkologik kasalliklarga sabab bo‘ladi. Xususan, virusga qarshi o‘z vaqtida vaksina olinmasa, 16 va 18-tiplari bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqarishi isbotlangan.

Biroq mutaxassislar dunyo bo‘yicha mazkur xavfli kasallikka qarshi emlash qamrovi pasayib ketganidan xavotirda. Xususan, 2019-2021 yillarda vaksina olganlar soni 15-25 foizga kamaygan. Ya’ni 3,5 million nafar qiz emlash jarayonidan chetda qolgan.

Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi. Undan quyidagi ko‘rsatmalar o‘rin olgan:

9-14 yoshli qizlar vaksinaning birinchi yoki ikkinchi dozasini qabul qilishi lozim;

15-20 yoshli xotin-qizlar bir yoki ikki bosqichda emlanishi kerak;

21 yoshdan oshgan ayollar 6 oylik oraliq bilan ikki dozada vaksina olishi zarur.

Shuningdek, JSST ekspertlari immuniteti zaif, OIV infeksiyasidan aziyat chekadigan opa-singillarimiz birinchi navbatda emlanishi shart, degan xulosada. Ular xastalikka qarshi vaksinaning kamida ikki, imkoni bo‘lsa, uch dozasini qabul qilishlari lozim.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
672 views08:27
Ochish/sharhlash
2022-12-22 17:03:54 “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari bilan bog‘liq vaziyat o‘rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan so‘ng bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ushbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Bemorlar ahvolini o‘rganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.

Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi.

Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegishli “Dok-1 Maks” tabletka va limon va asal ta’mli sirop dori vositalari o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Laboratoriya tahlillari yakunlangach, uning natijalari haqida e’lon qilinadi.

Ushbu dori vositalarining yurtimizdagi savdosi 2022 yil 22 dekabrdan vaqtincha to‘xtatildi va bu haqda “Quramax Medical” MCHJ tomonidan realizasiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborildi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
7.6K viewsedited  14:03
Ochish/sharhlash
2022-12-22 12:26:13 JSST: Dunyoda so‘nggi to‘rt haftada koronavirusni yuqtirish holatlari 36 foizga oshdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, o‘tgan haftada dunyo bo‘yicha 3,7 milliondan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan qariyb 10,5 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Tahlillarga ko‘ra, 12-18 dekabr sanalarida kasallanish ko‘rsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 3 foizga oshdi. O‘lim holatlari esa 6 foizga kamaydi.

Bemorlar sonining sezilarli ko‘payishi Janubiy va Shimoliy Amerika (+18 foiz) hamda Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi (+8 foiz) mamlakatlarida qayd etildi. COVID-19 qurbonlari esa Amerika mintaqasida ko‘paydi (+3 foiz).

Shuningdek, JSST koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi 4 haftalik tahlillarni ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu muddatda sayyoramiz bo‘yicha COVID-19ga chalinish holatlari undan avvalgi 28 kunga qaraganda 36 foizga oshgan.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
834 views09:26
Ochish/sharhlash
2022-12-21 12:07:30
Sirdaryoga Germaniyadan yangi va zamonaviy laparoskopiya apparatlar keltirildi

Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam jamg‘armasi hisobidan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialiga zamonaviy tibbiyot uskunalari keltirilishi davom etyapti.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan
704 views09:07
Ochish/sharhlash