Get Mystery Box with random crypto!

JSST: Dunyoda so‘nggi to‘rt haftada koronavirusni yuqtirish ho | O'zbekiston shifokorlari

JSST: Dunyoda so‘nggi to‘rt haftada koronavirusni yuqtirish holatlari 36 foizga oshdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, o‘tgan haftada dunyo bo‘yicha 3,7 milliondan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan qariyb 10,5 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Tahlillarga ko‘ra, 12-18 dekabr sanalarida kasallanish ko‘rsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 3 foizga oshdi. O‘lim holatlari esa 6 foizga kamaydi.

Bemorlar sonining sezilarli ko‘payishi Janubiy va Shimoliy Amerika (+18 foiz) hamda Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi (+8 foiz) mamlakatlarida qayd etildi. COVID-19 qurbonlari esa Amerika mintaqasida ko‘paydi (+3 foiz).

Shuningdek, JSST koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi 4 haftalik tahlillarni ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu muddatda sayyoramiz bo‘yicha COVID-19ga chalinish holatlari undan avvalgi 28 kunga qaraganda 36 foizga oshgan.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan