Get Mystery Box with random crypto!

JSST odam papilloma virusiga qarshi emlanish bo‘yicha yangi ta | O'zbekiston shifokorlari

JSST odam papilloma virusiga qarshi emlanish bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi

Odam papilloma virusining 200 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, shundan 13 tasi onkologik kasalliklarga sabab bo‘ladi. Xususan, virusga qarshi o‘z vaqtida vaksina olinmasa, 16 va 18-tiplari bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqarishi isbotlangan.

Biroq mutaxassislar dunyo bo‘yicha mazkur xavfli kasallikka qarshi emlash qamrovi pasayib ketganidan xavotirda. Xususan, 2019-2021 yillarda vaksina olganlar soni 15-25 foizga kamaygan. Ya’ni 3,5 million nafar qiz emlash jarayonidan chetda qolgan.

Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odam papilloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi. Undan quyidagi ko‘rsatmalar o‘rin olgan:

9-14 yoshli qizlar vaksinaning birinchi yoki ikkinchi dozasini qabul qilishi lozim;

15-20 yoshli xotin-qizlar bir yoki ikki bosqichda emlanishi kerak;

21 yoshdan oshgan ayollar 6 oylik oraliq bilan ikki dozada vaksina olishi zarur.

Shuningdek, JSST ekspertlari immuniteti zaif, OIV infeksiyasidan aziyat chekadigan opa-singillarimiz birinchi navbatda emlanishi shart, degan xulosada. Ular xastalikka qarshi vaksinaning kamida ikki, imkoni bo‘lsa, uch dozasini qabul qilishlari lozim.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan